Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/08 19:00 So‘g‘diyona 2-1 Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro 4-1 Neftchi
19/08 19:00 OKMK - Dinamo
19/08 20:00 Mash’al - Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv

"Barselona"ni yuqori narx xavotirga solmoqda

"Barselona"ni yuqori narx xavotirga solmoqda

Baho:
+ | -

"Everton" yarim himoyachisi Amadu Onana faoliyatini "Barselona"da davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi Mundo Deportivo.

Manbaga ko‘ra, Serxio Busketsning Kataloniya klubidan ketishi sabab yuzaga kelgan katta bo‘shliq hali to‘ldirilmagan. "Barselona" rahbariyati hozirda ushbu pozisiyada o‘ynayotgan Kristensenning keyingi mavsumda asosiy o‘yinchi bo‘lishiga ishonchi komil emas. Onana "Barsa"ning qisqa ro‘yxatiga kiritilgan, ammo klub 22 yoshli futbolchining yuqori narxidan xavotirda.

Onananing "Everton" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan va Transfermarkt futbolchini 50 million yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi 29 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:04, 28.03.2024.
O'qildi: 2371 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик