Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

Chilavert Vinisius haqida: “U qora tanlilar yaxshiroq hayot kechirishlarini xohlaydi. Biz oq tanlilar nima qilishimiz kerak?"

Chilavert Vinisius haqida: “U qora tanlilar yaxshiroq hayot kechirishlarini xohlaydi. Biz oq tanlilar nima qilishimiz kerak?"

Baho:
+1 | -

Xose Luis Chilavert yana Vinisius Juniorning xatti-harakatlarini tanqid qildi. Avvalroq Paragvay terma jamoasining sobiq darvozaboni shunday deb yozgan edi.

"Raqiblarni birinchi bo‘lib haqorat qiladigan va hujum qiladigan bo‘lma. Futbol erkaklar uchun".

“Nega mening yozganlarim shafqatsiz deb hisoblanadi? Chunki bu sog‘lom fikrmi?

Nega u yig‘lay boshladi? U qora tanlilar yaxshiroq hayot kechirishini xohlayotganini aytdi. Xo‘sh, biz oq tanlilar endi nima qilishimiz kerak? O‘z joniga qasd qilishmi? Biz hatto nima haqida gapiryapmiz? Keling, vaziyatni buzmaylik.

Diskriminasiya Argentinada, Fransiyada hamma joyda mavjud. Paragvaydan Argentinaga kelganimda, ular meni ochlikdan o‘ldirishdi, pul o‘g‘irlayotganimni aytishdi. Argentina jamoatchiligining haqoratlariga qarang.

Men futbol erkaklar uchun ekanligini tvitterda yozdim. Paragvayda biz hech kimni kamsitmoqchi emasmiz.

Xonada Netflix kameralari bor edi va Vinisius yig‘lay boshladi. 300 dollar topib, 4 ta bolasi bor qora tanli yigit yig‘lab ko‘chada yurgani yo‘q-ku. Vinisius esa judayam boy va "Real"da o‘ynaydi. U birinvhi navbatda o‘zini nazorat qilishni o‘rgansin", - dedi Paragvay terma jamoasining sobiq darvozaboni.

Kiritildi: 11:04, 30.03.2024.
O'qildi: 1129 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.