Krishtianu Ronaldu faoliyatida 64-marta bitta o‘yinda uchta gol urdi.
“An-Nasr” forvardi Saudiya Arabistoni chempionatining 25-turida “At-Tai” (5:1) darvozasiga uchta gol urdi.
Hozir portugaliyalik futbolchining hisobida “Inter Mayami” klubida to‘p tepayotgan ashaddiy raqibi Lionel Messidan ko‘ra 7 taga ko‘p xet-trik bor.
64 ta holatdan 29 tasida Ronaldu gollarning kamida bittasini penaltidan urgan. Argentinalik futbolchining xet-trik qayd etgan umumiy o‘yinlari soni 57 ta bo‘lsa, shulardan 12 tasida kamida bitta gol 11 metrlik jarima zarbasidan kiritilgan.