Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Rasman! Superligada 5-turning 3 ta o‘yini OTJ yig‘ini sabab qoldirildi

Rasman! Superligada 5-turning 3 ta o‘yini OTJ yig‘ini sabab qoldirildi

Baho:
+ | -

Qatar mezbonlik qiladigan U23 Osiyo kubogi startiga sanoqli kunlar qoldi. Temur Kapadze boshqaruvidagi U23 O‘zbekiston terma jamoasi 2 aprel kuni yig‘inga kirishadi.

Parij Olimpiadasi yo‘lida kurashga kiradigan Kapadze terma jamoa yig‘iniga "Nasaf"dan 4 va "Paxtakor"dan 5 nafar futbolchini jalb qildi. Ularning barchasi o‘z jamoasining asosiy futbolchilari hisoblanadi. Shuningdek, "Olimpik" terma asosini tashkil qiladi.

Liga Olimpiya termasi bilan 2024 yilgi taqvim masalasida o‘tgan mavsumning oktyabr oyida fikr almashgan bo‘lib, unda Superliga 5-turidagi ayrim bellashuvlar sanasi o‘zgarishi ko‘zda tutilgandi. Olimpiyachilar Qatarga yo‘l oladigan davrda esa O‘zbekiston kubogining guruh bosqichi o‘yinlari o‘tkaziladi. Mazkur musobaqada "Olimpik" Toshkentda qolgan futbolchilar bilan ishtirok etishi masalasida kelishilgan.

Kutilganidek, Kapadze "Nasaf" va "Paxtakor" klublarining 3 nafardan ortiq futbolchisiga suyanishga qaror qildi. "Superliga va Proliga reglamenti"ning 10.9-bandida olimpiya terma jamoasi uchun uch futbolchisini taqdim etgan klub oldindagi bellashuv sanasini o‘zgartirishni so‘rashga haqli ekanligi ko‘rsatilgan. "Nasaf" va "Paxtakor" bu imtiyozdan foydalanishga qaror qildi. Shuningdek, kelishuv asosida "Olimpik" ishtirokidagi Superliga o‘yini ham ular qatorida boshqa sanada o‘tkaziladi.

Superliga 5-turida "Nasaf" "Navbahor" bilan uy, "Paxtakor" esa "Neftchi" bilan safar o‘yinida ishtirok etishi kerak edi. Liga qoldirilgan bellashuvlar qachon bo‘lib o‘tishi masalasiga keyinroq oydinlik kiritadi.

Kiritildi: 11:42, 01.04.2024.
O'qildi: 2060 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.