"Bavariya"ning sobiq futbolchisi Ditmar Xamann jamoa bosh murabbiyi lavozimiga Joze Mourinyo tayinlanishi mumkinligi haqida gapirdi.
“Bozorda ko‘plab murabbiylar mavjud. Men Mourinyo haqida o‘ylayman. U professional nuqtai nazardan ham ajoyib shaxs", — deya Xamann so‘zlarini keltirmoqda German Sky.
Aytish joizki, mavsum yakunida Tomas Tuxel “Bavariya” murabbiylik ko‘prigini tark etadi.