Ispaniyalik sobiq taniqli FIFA referisi Mateu Laos "Barselona" - "Las-Palmas" uchrashuvida (1:0) Rafinya tomonidan kiritilgan birinchi gol nega bekor qilinganiga tushunmayapti.
"Rafinyaning oxirgi o‘yindagi bekor qilingan goli? Buni tasavvur qilib bo‘lmaydi, men bu gol qanday hisobga olinmaganini tushunmayapman", - dedi Laos Movistar+ telekanaligi.
Eslatib o‘tamiz, o‘sha vaziyatda braziliyalik futbolchining goli ofsayd deb topilib, bekor qilingandi.