"Brentford" hujumchisi Ayven Toni yozgi transfer oynasida Tomas Frank boshqaruvidagi jamoani tark etishi mumkin. Jurnalist Florian Plettenbergning so‘zlariga ko‘ra, ingliz futbolchisi transfer bozorida 47 million yevro evaziga sotuvga chiqariladi, bu bir necha oy oldin "Brentford" futbolchi uchun talab qilgan summaning deyarli yarmini tashkil qiladi.
Manbaning ta’kidlashicha, Toni xizmatlariga Londonning ikkita klubi hamon qiziqish bildirmoqda - "Chelsi" va Angliya Premyer-ligasi yetakchisi "Arsenal". Bu jamoalardan qaysi biri poygada yetakchilik qilayotgani hozircha noma’lum.
Angliya chempionatining joriy mavsumida 28 yoshli Toni 13 uchrashuvda 4 ta gol urdi.