O‘tgan dam olish kunlari A Seriyada "Roma" va "Lasio" o‘rtasida derbi bo‘lib o‘tdi. “Bo‘rilar” 1:0 hisobida g‘alabani tantana qilishdi va Janluka Manchini yagona golga mualliflik qildi.
O‘yindan so‘ng Manchini kalamush surati tushirilgan klub rangidagi bayroqni silkitib, “Lasio”ni haqorat qildi. Bu harakati uchun Manchini 5 ming yevro jarimaga tortildi.
ABC xabariga ko‘ra, “Roma” muxlislari Manchini uchun jarimani to‘lash uchun mablag‘ yig‘ishga qaror qilishgan. Natijada, undan ham ko‘proq 8 ming yevro yig‘ildi. Agar o‘yinchi ularni qabul qilmasa, pul xayriyaga yuboriladi.