Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Prevyu. «Andijon» – «Dinamo»

Prevyu. «Andijon» – «Dinamo»

Baho:
+-2 | -

13 aprel kuni «Andijon» klubi O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichi doirasida «Bobur Arena»da Samarqandning «Dinamo» jamoasini qabul qiladi. Hozirda jamoalarning bor e’tibori bo‘lajak bellashuvga qaratilgan.

Jamoalarning o‘zaro o‘yinlar statistikasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, shu paytgacha 42 bor kuch sinashishgan. «Andijon»da 15, «Dinamo»da 18 g‘alaba bor. Yana 9 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati 54-64, «Dinamo» foydasiga.

Klublar oxirgi bor 2019 yili to‘qnash kelishgan. Andijonda 2:2 hisobi qayd etilgan. «Dinamo» maydonidagi o‘yinda esa jamoamizning qo‘li baland kelgan – 0:1.

Jamoalarning ilk bellashuvi 1992 yilning 8 aprel kuniga to‘g‘ri keladi. O‘shanda klublarning nomlari ham hozirgidek emasdi. «Andijon» «Navro‘z», «Dinamo» esa «Marakanda» edi va o‘shanda Andijondagi o‘yinda mezbonlar 4:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Barcha muxlislarni 13 aprel, soat 18:30 da boshlanadigan bellashuvga taklif qilamiz.

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 20:10, 11.04.2024.
O'qildi: 811 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик