Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

APL tarixidagi eng yirik kambeklar

APL tarixidagi eng yirik kambeklar

Baho:
+ | -

«Bornmut» bu borada 5-jamoaga aylandi! Premyer-ligada 3ta golli farqni yo‘qqa chiqarib, yakunda g‘alabani tantana qilgan ajoyib kambek oxirgi marta 2003 yilning oktyabrida kuzatilgan ekan.

Demak, «Bornmut» takrorlagan oxirgi kambekka 20 yildan oshibdi. O‘tgan hafta boshida o‘tkazilgan bahsda «Bornmut» dastlab «Luton»dan ketma-ket 3ta gol qabul qilib oladi. Ikkinchi taymda esa raqib darvozasiga 4 bor yo‘l topib, kambek amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Planetfootball.com sayti ana shu voqe’lik bahonasida APL tarixida 3ta gol farqini yo‘qqa chiqarishga muvaffaq bo‘lgan jamoalar haqida to‘xaldi.

Eslatma: bu yerda gap faqat g‘alabalar haqida boradi. «Nyukasl» 2010 yilda «Arsenal» bilan 4:4 hisobida durang o‘ynagan - bu Pryemer-liga tarixida to‘rtta gol faqrini yo‘qqa chiqargan yagona klub. Ammo bu durang, g‘alaba emas.

«Lids» - «Derbi Kaunti» - 4:3, 1997 yil noyabr

«Lids Yunayted» 1997 yilning noyabrida o‘z uyida «Derbi»ga qarshi o‘yinda uchta gol ortda qola turib, yakunda g‘alaba qozongan birinchi jamoa bo‘ldi. Jorj Grem davridagi «Lids»ning oldingi natijalari yomonroq va o‘yinlar zerikarli bo‘ishini hisobga olib, jamoaning 3ta golni yo‘qqa chiqargani afsonaviy bo‘lib qoldi. Din Starrijning ikkita goli va Alyosha Asanovichning penaltisi «Derbi»ni hisobda olib chiqdi, ammo «Lids» Rod Uolles va Garri Kyuellning gollari bilan tezda javob qaytardi va tanaffusda hisobni 3:2 ko‘rinishiga keltirdi. Mezbonlar ikkinchi bo‘limda ustunlik qilishdi, ammo ular sabrli bo‘lishga majbur bo‘lishdi va oxir-oqibat 82-daqiqada Jimmi Floyd Xasselbaynkning «nuqta»dan zarbasi orqali hisobni tenglashtirishdi. Xuddi «Derbi» bir ochkoni ushlab turgandek tuyulgandi, Li Boyerning qo‘shib berilgan daqiqalarda «momaqaldiroq»dek zarbasi Elland Roud qo‘riqlayotgan darvozasini ishg‘ol qildi.

«Vest Xem» - «Uimbldon» - 3:4,  1998 yil sentyabr

«Vest Xem» 14-daqiqadan so‘ng Jon Xartson va Yan Raytlarning gollari evaziga «Uimbldon» ustidan ikki to‘p farqi bilan oldinga chiqib olishadi. O‘yin tugashiga yarim soat qolganida esa Raytning 2-goli 3 ochkoni naqd qilib qo‘ygandek edi, ammo Markus Geyl bir zumda javob qaytardi va mehmonlarga ozroq bo‘lsada imkoniyat berdi. Garri Rednappning «bolg‘achilari» 2-bo‘limda taslim bo‘lishdi, chunki Jeyson Yuell, Geyl va zaxiradan qo‘shilgan Efan Ekokuning gollari Jo Kinner qo‘l ostidagi jamoaga mashhur g‘alabani keltiradi.

«Tottenxem» - «MYU» - 3:5,  2001 yil sentyabr

Ser Aleks Fergyuson o‘zining avtobiografiyasida Din Richards, Les Ferdinand va Kristian Zigelar «shporlar»ni asosiy taymda oldinga olib chiqishganidan so‘ng: «Ular kiyinish xonasiga kirib, 3ta gol o‘tkazib yuborilganda ham, futbolchilar kambekka tayyor edilar», deb eslaydi. Endi Koul ikkinchi bo‘limda mehmonlarning 5ta golli ajoyib seriyasini boshlab berdi, undan ke­yin Loran Blan, Ruud van Nistelroy, Devid Bekxem va Xuan Sebastyan Veronlar gol muallifiga aylanishdi. Nikki Batt o‘rniga tushgan «superzaxira» - Ole Gunnar Sulsher esa «Yunayted»ning 4-5-gollariga assistentlik qildi.

«Vulerxepmton» - «Lester» - 4:3,  2003 yil oktyabr

2003 yilning kuzida «Molinyo»dagi trillerda «bo‘rilar» ham, «tulkilar» ham nega o‘zlarining bema’ni himoyalari bilan jadvalning eng yuqoridaligi bilan ajralib turgan. «Lester» yarim himoyachilari Les Ferdinanning ikki goli hamda Rikardo Shimekani bir goli evaziga taymni «tulkilar» g‘alaba bilan yakunladi. Ammo «bo‘rilar» tanaffusdan kerakli ko‘rsatmalar olib maydonga qaytdi, Kolin Kemeron dubl qayd etdi, Aleks Reyo esa 68-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Faxriy Denis Irvin «MYU» «Tottenxem»ga 3ta gol urganida Fergyuson tomonidan kuchli deb tan olinmagan edi, ammo bu yerda u to‘rtta golli kambekda muhim rol o‘ynadi va 86-daqiqada Anri Kamaraning goliga assistentlik qildi. 2003|2004 yilgi mavsum yakunida ikkala tomon ham «Lids» bilan bir qatorda quyi ligaga tushib ketishdi.

«Bornmut» - «Luton» - 4:3,  2024 yil mart

Andoni Iraola qo‘l ostidagi «Bornmut» «Luton Taun» darvozasiga 2-taymda 4ta gol urgan holda Premyer-liganing 20 yildan buyon qayd etilmayotgan eng katta g‘alabaga erishdi. Iqtidorli hujumchi Dominik Solanke 2-bo‘limning dastlabki daqiqalarida «Bornmut»­ni bahsga qaytardi, markaziy himoyachi Ilya Zabarniy boshi bilan ikkinchi golni urdi va Antuan Semenyo esa o‘zgacha dubli bilan o‘yinni mutlaqo teskari ko‘rinishda yakunladi.

 A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:08, 12.04.2024.
O'qildi: 1434 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.