Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 19:30 Buxoro 2-0 Qizilqum
14/03 19:30 Neftchi 0-0 Qo‘qon-1912
15/03 00:45 Jenoa 2-1 Lechche
15/03 01:00 Las-Palmas 2-2 Alaves
15/03 17:55 Sho‘rtan - Bunyodkor
15/03 18:00 Valyadolid - Selta
15/03 19:00 Monsa - Parma
15/03 19:00 Udineze - Verona
15/03 19:30 Andijon - Nasaf
15/03 20:00 Everton - Vest Xem
15/03 20:00 Ipsvich - Nottingem Forest
15/03 20:00 Manchester Siti - Brayton
15/03 20:00 Sautgempton - Vulverhempton
15/03 20:15 Malyorka - Espanyol
15/03 20:15 Dinamo - Mash’al
15/03 22:00 Milan - Komo
15/03 22:30 Vilyarreal - Real Madrid
15/03 22:30 Bornmut - Brentford
16/03 00:45 Torino - Empoli
16/03 01:00 Jirona - Valensiya
16/03 16:30 Venetsiya - Napoli
16/03 17:45 Surxon - Xorazm
16/03 18:00 Leganes - Betis
16/03 18:30 Arsenal - Chelsi
16/03 18:30 Fulhem - Tottenhem
16/03 19:00 Bolonya - Lasio
16/03 19:30 So‘g‘diyona - Navbahor
16/03 20:00 Roma - Kalyari
16/03 20:00 OKMK - Paxtakor
16/03 20:15 Sevilya - Atletik Bilbao
16/03 22:00 Fiorentina - Yuventus
16/03 22:30 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
16/03 22:30 Osasuna - Xetafe
17/03 00:00 Lester - Man. Yunayted

Keyn, Mbappe, Grizmann: Qaysi yulduzlar bu mavsumda birinchi marta Chempionlar ligasini yutishi mumkin?

Keyn, Mbappe, Grizmann: Qaysi yulduzlar bu mavsumda birinchi marta Chempionlar ligasini yutishi mumkin?

Baho:
+ | -

Chempionlar ligasining 1/4 final bosqichining dastlabki o‘yinlari yakunlandi va barcha sakkiz jamoa hamon g‘alaba uchun kurashni davom ettirmoqda. Faoliyatida bu sovringa ega chiqmagan va bu mavsumni g‘alaba bilan tugatishi mumkin bo‘lgan yulduzlarni ko‘rib chiqamiz.

Kilian Mbappe

Fransiyalik futbolchi Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish uchun "PSJ"ni tark etmoqchi bo‘lgan asosiy sabab shu. U bungacha ikki marta jahon chempionati finalida o‘ynab, bir marta g‘alaba qozongan. "PSJ" bilan Mbappe asosiy yevrokubokda hal qiluvchi o‘yingacha yetib bordi, ammo "Bavariya"ga yutqazdi.

Xarri Keyn

Angliya terma jamoasi sardori ko‘plab shaxsiy rekordlarga ega, ammo hech qanday sovrin yo‘q. "Bavariya"ga o‘tish Keynga o‘zini g‘olib sifatida his qilish imkoniyatini kafolatlagandek bo‘ldi, ammo myunxenliklar bu mavsumda Superkubok va Germaniya kubogini boy berishdi, Bundesligada esa imkoniyat yo‘q. Yagona umid - Chempionlar ligasi. “Tottenxem” bilan Keyn turnir finalida edi, biroq “Liverpul”ga yutqazdi. "Arsenal"ga urilgan gol "Bavariya"ga Londondan durang o‘ynashga yordam berdi, endi hammasi javob o‘yinida hal bo‘ladi.

Antuan Grizmann

Fransiya terma jamoasi safida hali klub darajasidagi maqsadiga erishmagan yana bir jahon chempioni. U sovrinlar yutish uchun “Atletiko”ni tark etib, “Barselona”ga yo‘l oldi, ammo inqiroz vaqtida o‘zini Kataloniya lagerida topdi. Grizmann "Barselona"da bo‘lganida nafaqat chempion bo‘ldi, balki "matraschilar"ning La Ligadagi g‘alabasini tomosha qildi. "Atletiko" lageriga qaytishi bilan Xavi "blaugrana"ni chempionlikka olib keldi. Grizmann “Atletiko” bilan Yevropa ligasida g‘olib chiqdi, ammo endi u asosiy yevrokubokda g‘alaba qozonishni istaydi.

Marko Roys

Ko‘pchilikdan farqli o‘laroq, u "Borussiya Dortmund"ga sodiq bo‘lib qoldi, lekin hali Bundesligada g‘alaba qozona olmadi, hatto o‘tgan mavsumda "Bavariya" kubokni tom ma’noda topshirganida ham. Roys jarohati tufayli Germaniya terma jamoasi g‘alaba qozongan jahon chempionatida ishtirok etmadi. "Borussiya" bilan birga Roys Chempionlar ligasi finalida bo‘lgandi, ammo buni ham yutqazdi.

Usmon Dembele

Fransuz yoshligida "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishi bashorat qilingan va "Barselona"ga o‘tish zaruriy qadamdek tuyulardi. Qolaversa, Neymar ketganidan keyin unga Messi va Suares bilan birga hujumga o‘tish kafolatlangandi. Biroq kataloniyaliklar inqirozga yuz tutdi, Dembelening o‘zi esa bosimga dos. bera olmadi, shu sabab ham o‘zini ko‘rsata olmadi va jahon chempionatida g‘alaba qozonish uchun Fransiya terma jamoasiga kiritilmadi. So‘nggi yillarda Dembele o‘ziga keldi, “PSJ”ga o‘tish shunchalik g‘alati ko‘rinardi. Endi parijliklar bilan vinger Chempionlar ligasida muvaffaqiyat qozonishga umid qilmoqda.

Frenki de Yong

Yorqin "Ayaks" tarkibida yarim himoyachi Chempionlar ligasi finaliga bir necha soniya qolgan edi, ammo amsterdamliklar qo‘shib berilgan vaqtda "Tottenxem"ga yutqazib qo‘yishdi va musobaqadan chiqib ketishdi. "Barselona"da de Yong buyuk yarim himoyachilarning merosxo‘ri bo‘lib, jamoaga katta muvaffaqiyatlarga erishishda yordam beradigandek tuyuldi. Nihoyat niderlandiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda La Ligada g‘olib chiqdi va uning keyingi maqsadi Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish.

Kiritildi: 17:40, 16.04.2024.
O'qildi: 1884 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz