Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Fayzullayev «Bavariya», chempionlik va ro‘za haqida

Fayzullayev «Bavariya», chempionlik va ro‘za haqida

Baho:
+1 | -

Abbos Fayzullayev RPL 23-turidan o‘rin olgan SSKA - «Fakel» o‘yini (4:1)dagi goli va kreativ harakatlari bilan mutaxassislar-muxlislar e’tiborini yana o‘zi tomon burdi birdan.

Deylik, hamyurtimiz tur ramziy terma jamoasiga kiritildi «MATCH PREMYER» tomonidan. Alohida aytish kerak, SSKA o‘yinlariga o‘zgacha chiroy bag‘ishlayotgan O‘zbekiston milliy jamoasi umidi shu bilan naq 5-marta tur ramziy jamoacidan joy oldi. Xullas, Rossiya OAV vakillari Abbos Fayzullayevni yana bir bora e’tirof etgan holda, uning joriy mavsumga qatarilgan vazifalari qandayligiga qiziqishdi.

- Abbos, hozirda seni muxlislarning katta guruhi qo‘llab-quvvatlab, o‘yinlardan keyin personal ravishda qarshi olmoqda. O‘zingni yoqimtoy futbolchidek his qilyapsanmi?

- Menga muxlislik qilish asnosida olg‘a boshlayotgan barchadan minnatdorman, albatta. Bu - juda yoqimli.

- Orada o‘yiningda biroz pasayish kuzatildi, hozir esa hammasi o‘z joyiga tushayotgandek...

- Yo‘q, pasayish emas, shunchaki, ma’lum muddat tiklanish jarayonini boshdan o‘tkazdim.

- Tiklanish zarurati nima bilan bog‘liq?

-  O‘tgan yili juda ko‘p o‘yinlarda qatnashdim. Juda ko‘p. Biroz toliqish sezildi, jumladan, ruhiy jihatdan. Shuni inobatga olgan murabbiylar hordiq chiqarishga imkon berishdi. Mana, hozir hammasi yaxshi.

- Sendan «Bavariya» qiziqishi haqida ko‘p so‘rashadi. Bu borada nima deysan?

- To‘g‘risi, hozirda bunday gap-so‘zlarga chalg‘imasligim kerak. Zero, SSKA bilan shart­nomam bor va e’tiborim shunga qaratilgan.

- Umuman, o‘zingga qolsa, qaysi chempionatda o‘ynashni istarding?

- Ispaniya ligasi ma’qulroq.

- Seningcha, SSKAda hali ham chempionlik poygasiga qo‘shilish imkoni bormi?

- Ha. Menimcha, 1-o‘rin uchun bemalol kurasha olamiz. O‘yinimiz o‘xshayapti, o‘ylashimcha, har bir o‘yinda 3 ochkodan olsak, poygaga kirish mumkin.

- «Zenit»dan o‘zib ketish mumkin, deb hisoblaysanmi?

- Har holda, urinib ko‘rsa bo‘ladi.

- Abbos, Ramazon oyida qiynalmadingmi?

- Bolaligimdan ro‘za tutishga odatlanganman. Bu yil Ramazon oyida soat 03:30dan 19:30ga qadar ro‘za tutdim. Quyosh botganidan keyin taomlanib, ko‘proq suv ichdim. Ha, ba’zida mashg‘ulotlar payti chanqash va holsizlik bo‘ldi. Ammo iymon va e’tiqod bilan sabr qilish kerak. Allohning o‘zi kuch-quvvat berdi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:23, 16.04.2024.
O'qildi: 3862 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.