Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

Parij-2024 lisenziatlari: Delegasiyamizga ilk yo‘llanmani taqdim qilgan Taxmina Ikromova

Parij-2024 lisenziatlari: Delegasiyamizga ilk yo‘llanmani taqdim qilgan Taxmina Ikromova

Baho:
+ | -

Olympic.uz Siz aziz o‘quvchilarga yangi loyihani taqdim etmoqda. Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari boshlanishiga 100 kun qolishi munosabati bilan bo‘lajak musobaqada Vatanimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarimizni yaqindan tanishtirish, ular haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni obunachilarimiz bilan bo‘lishishni lozim topdik. Demak, loyihaning ilk qahramoni mos ravishda bo‘lajak Olimpiada uchun delegasiyamizga dastlabki lisenziyani keltirgan badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Taxmina Ikromova bo‘ladi.

Ikromova Taxmina Izzatullayevna 2004 yil 6 avgust kuni Samarqandda dunyoga kelgan. Badiiy gimnastika bo‘yicha 2016 yildan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. Murabbiyi Liliya Vlasova. 2021 yildan xalqaro maydonda ulkan muvaffaqiyatlarga erishishni boshladi. Shu yili u Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionatida 1 ta oltin va 3 ta kumush medalga sazovor bo‘ldi. Hozirgacha uning hisobida qit’a birinchiliklarining 11 ta oltin va 4 ta kumush medallari mavjud. Jahon kubogi bosqichlarida esa 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamg‘argan. Ikromova Xanchjou-2022 yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegasiyasining qahramonlaridan biriga aylandi. Boisi u yakkalik va jamoaviy dasturlarda chempionlik shohsupasiga ko‘tarilib, delegasiyamizga 2 ta oltin medalni taqdim qildi. Ko‘rsatgan natijalari evaziga 2023 yil O‘zbekistonning eng yaxshi ayol sportchisi deb topilgan.

Taxmina 2023 yil avgust oyida Ispaniyaning Valenciya shahrida o‘tgan jahon chempionati orqali Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 16:30, 17.04.2024.
O'qildi: 687 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик