Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/12 00:45 Verona 0-1 Milan
21/12 01:00 Jirona 3-0 Valyadolid
21/12 17:30 Aston Villa 2-1 Manchester Siti
21/12 18:00 Xetafe 0-1 Malyorka
21/12 19:00 Torino 0-2 Bolonya
21/12 20:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
21/12 20:00 Ipsvich 0-4 Nyukasl
21/12 20:00 Vest Xem 1-1 Brayton
21/12 20:15 Selta 2-0 Real Sosyedad
21/12 22:00 Jenoa 1-2 Napoli
21/12 22:30 Kristal Pelas 1-5 Arsenal
21/12 22:30 Osasuna 1-2 Atletik Bilbao
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma - Parma
22/12 18:00 Valensiya - Alaves
22/12 19:00 Fulhem - Sautgempton
22/12 19:00 Lester - Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted - Bornmut
22/12 19:00 Everton - Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya - Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid - Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem - Liverpul
22/12 22:00 Atalanta - Empoli
22/12 22:30 Leganes - Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas - Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze

Legionerlarimiz: Yoqimli xabarlar ketma-ketligi

Legionerlarimiz: Yoqimli xabarlar ketma-ketligi

Baho:
+ | -

Yoxud xorijda o‘ynayotgan deryali barcha o‘zbekistonlik futbolchilardan daraklar...

Italiya. 7,3 ball - bu «Inter» — «Kalyari» o‘yinida 78-daqiqacha to‘p surgan va Italiyadagi faoliyatida «neradzurralar» darvozasini ilk marta nishonga olgan «Kalyari» hujumchisi Eldor Shomurodovga  WhoScored tomonidan qo‘yilgan baho.  «A» seriya 32-turidan o‘rin olgan va 2:2 hisobida yakunlangan bahsda faqat raqib jamoa a’zolari Aleksis Sanches (7,8 ball) va Hoqon Chalxanoglu (7,7 ball) hamyurtimizdan balandroq baho olishdi. «Inter»ning birinchi goli muallifi Markus Tyuram esa Eldor kabi 7,3 ballga munosib ko‘rildi. Asosiysi, Shomurodovning 65-daqiqada urgan goli «Inter» maydonida kechgan bahsda burilish nuqtasiga aylandi qaysidir ma’noda va «Kalyari» yakunda ortga o‘ta qimmatli 1 ochko bilan qaytdi. E’tiborli tomoni, Eldor «San Siro»dagi o‘yindan so‘ng g‘alabaga imkoniyat bo‘lganini alohida ta’kidladi: «Aslida g‘alaba qozonishimiz ham mumkin edi, lekin 1 ochko ham yomon emas. Bu durang juda muhim. Maqsadim? Og‘ir jarohatdan so‘ng qaytishda ancha qiynaldim, hozir esada o‘zim istagan sport formadaman. Ranyeri - ajoyib inson, hamisha meni qo‘llab turadi. U mudom hech qachon taslim bo‘lmaslik va faqat harakat qilishim zururligini uqtirib keladi». 

Fransiya. Ma’lum sabablarga ko‘ra, «Mes» - Lans» (Liga 1 29-tur) o‘yini (1:2)da ishtirok etmagan Abduqodir Husanov joriy mavsum jamoa safida eng yuqori tezkorlik qayd etgan futbolchilar ro‘yxatini boshqarib turibdi. Ma’lum bo‘lishicha, 20 yoshli hamyurtimiz maksimal tezlikni 35,54 kilometr|soatga olib chiqqan.

Rossiya. «Rubin»ning ishlari birdan orqaga ketdi. 8 aprel kuni RPL 23-turi doirasida «Orenburg» mehmoni bo‘lib, 0:3 hisobida mag‘lubiyatni tan olgan Qozon klubi keyingi bahsni Samarada «Krilya Sovetov»ga qarshi o‘tkazib, javobsiz 2ta gol qo‘yib yubordi. Jamoa himoyachisi Rustam Ashurmatov dastlabki uchrashuvda 90}3-daqiqada zaxiraga olingan bo‘lsa, keyingisida to‘liq vaqt harakatlandi. Alohida ma’lumot shuki, ham­yurtimiz 24-tur bahsida «Rubin» safidagi eng yaxshi futbolchi bo‘ldi - Sofascore tomonidan 7,3 ball. SSKA yarim himoyachisi Abbos Fayzullayev esa «Lokomotiv» maydonida kechgan va 3:3 hisobida yakunlangan bahsda jamoasining 3ta golida ham ishtirok etdi. U jumladan, 1-golda assistent rolini bajardi. Buning ortidan 90 daqiqa to‘p surgan Abbos Sofascore nashridan 7,9 ball oldi. Bu - SSKA futbolchilariga qo‘yilgan eng yuqori ikkinchi baho. Diqqatga sazovor tomoni, 20 yoshli hamyurtimiz tur yakuni bo‘yicha transfermarkt talqinidagi ramziy jamoaga kiritildi (mavsum boshidan buyon 5-marta). Shuningdek, «Match TV» ham Fayzullayevni 24-tur ramziy jamoasida qayd etdi. Alohida fakt: Abbos ushbu talqindagi «ramz»dan naq 6-marta joy oldi. Aytgancha, SSKA seshanba kuni Rossiya kubogi yuqori setka yarim finali javob o‘yinida «Baltika»ni 2:0 hisobida yengdi. Abbos Fayzullayev bu uchrashuvda ham o‘zini ko‘rsatmay qolmadi. Aniqrog‘i, maydonda 69 daqiqa to‘p surgan 20 yoshli futbolchimiz jamoasining ikkinchi goli muallifiga aylandi. «Harbiylar» shu tariqa finalga yo‘l olishdi (birinchi o‘yin - 1:0). 

Turkiya. Superligasida tetik qatnashayotgan «Rizespor» Husniddin Aliqulov 90 daqiqa davomida faol to‘p surgan o‘yinda «Antaliyaspor»ga aytarli imkoniyat qoldirmadi - 3:0. 32-turdan o‘rin olgan mazkur uy uchrashuvining 90}5-daqiqasida sariq kartochka olgan milliy jamoamiz himoyachisi harakati Sofascore tomonidan 7,6 ballga loyiq ko‘rildi (barcha futbolchilar orasida ikkinchi yuqori natija).  «Adana Demirspor» - «Qaysarispor» o‘yinida hisob ochilmadi. E’tiborlisi, terma jamoamiz yarim himoyachisi Otabek Shukurov «Qaysarispor» safida ilk marta o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshlab, to‘liq vaqt maydonda bo‘ldi. «Sivasspor» esa «Trabzonspor» maydonida 1ta gol urib, 3 ochko oldi, ammo Aziz  Turg‘unboyevsiz. Gap shundagi hamyurtimiz «Fotih Qoragyumryuk»ka qarshi kechgan oldingi bahsda kichik jarohatga yo‘liqqan edi.

Angliya. Muhammadali O‘rinboyev «Benfika V»ning Portugaliyada tashkillashtirilgan yig‘inida o‘yinoldi mashg‘ulotida oyog‘ini cho‘zib oldi. Shunga qaramay, hamyurtimiz «Benfika» U-23 jamoaga qarshi nazorat uchrashuvining 72-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi final hushtagiga qadar harakatlandi. Aslida yarim himoyachimiz yopiq tarzda o‘tkazilgan mazkur bahsda boshlang‘ich tarkibdan joy olishi kutilgandi. Natijaga kelsak, «Brentford B» yagona gol evaziga g‘alaba nashidasini surdi.

BAA. «Shabab Al-Ahli» Super Shield UAE|Qatar final o‘yinining 90}3-daqiqasida gol urib, 2:1 hisobila ustun kelgancha nav­batdagi sovrin sohibiga aylandi. Biroq BAA jamoasi yarim himoyachisi Aziz G‘aniyev «Duhayl»ga qarshi final bahsini zaxirada kuzatdi. Hojimat Erkinovning jamoa­si «Al-Vahda» bu vaqtda BAA chempionati 19-turida «Ittihod Kalba» mehmoni bo‘lib, yagona gol tufayli mag‘lubiyatga uchradi. Agar mehmonlar O‘zbekiston terma jamoasi vingeri 87 daqiqa to‘p surgan va Sofascore tomonidan 6,8 ball olgan uchrashuvda 3 ochko olishganida chempionat turnir jadvalida 3-o‘ringa ko‘tarilib olardilar. «Xorfakkan» (Abdulla Abdullayev va Aziz Amanov jamoasi) ishtirokidagi o‘yin esa kuchli jala tufayli noma’lum muddatga qoldirildi.

QozoG‘iston. Mamlakat kubogi 1|8 finalidan o‘rin olgan «Qayrat» — «Turon» o‘yinida mezbonlar 3:0 hisobini qayd etishdi. Olma-ota klubi himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev mazkur g‘alabaga 74 daqiqalik faolligi bilan hissa qo‘shdi. «Ordabasi» ham 1|4 final yo‘llanmasini muammosiz qo‘lga kiritdi. «Taraz» mehmoni bo‘lgan amaldagi chempion ortga 2:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi. Shimkent klubi yarim himoyachisi Jasur Yaxshiboyev bir bo‘li o‘ynagan bo‘lsa, tanaffusdan keyin uning o‘rnini Shahboz Umarov egalladi. «Qaysar» esa o‘z maydonida «Tobol»ga 0:3 hisobida yutqazib, turnirdan chiqib ketdi. Qizil-orda jamoasi hujumchisi Shohnazar Norbekov ushbu omadsiz uchrashuvda 64-daqiqacha to‘p surdi. Aytgancha, Yaxshiboyev QPL 4-turi ramziy jamoasidan joy oldi. Binobarin, u kubok bahsidan oldin chempionatda «Turan» darvozasini nishonga olib, «Ordabasi»ga g‘alaba keltirgandi. 

Hindiston. Mirjalol Qosimov «Mohammedan» klubi bilan Hindiston chempionati Birinchi ligasi g‘olibiga aylandi. Hamyurtimizning jamoasi endi kelasi mavsum Superligada ishtirok etadi. 

Eron. Chempionlik uchun kurashayotgan «Persepolis» o‘z maydonida «Malavan» darvozasini 1 marta ishg‘ol qildi va bu g‘alabaga kifoya qildi. Poytaxt jamoasi vingeri Oston O‘runov Pro liga 23-turidan o‘rin olgan ushbu bahsning 84-daqiqasigacha mehmonlarga sira tinchlik bermadi. Huzistonning «Istiqlol» klubi Doston Tursunov to‘liq vaqt to‘p surgan bahsda «Sanat Naft»ni 90}2-daqiqada urilgan gol evaziga dog‘da qoldirdi - 2:1. Shuningdek, Jaloliddin Masharipovning jamoasi - «Istiqlol» (Tehron) ham bu turda g‘alaba qozondi. Farqi shuki, chempionat peshqadami safarda o‘ynadi va 45-daqiqada urilgan yagona gol unga 3 ochko keltirdi.

AQSH. MLS Next Pro (AQSH chempionati Uchinchi divizioni) ishtirokchisi «Kanzas-Siti II» klubida o‘ynayotgan Kamron Habibulla «Kolorado Repidz II»ga qarshi bahsda 3ta gol urdi. Bu 20 yoshli chap qanot vingeri uchun faoliyatidagi ilk «xet-trik»dir. Toshkent shahrida tug‘ilgan Kamron Kanada U-20 terma jamoasida o‘ynashga ulgurganini ham aytish joiz.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:00, 18.04.2024.
O'qildi: 2287 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.