Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/06 01:00 Angliya 4-2 Xorvatiya
18/06 04:00 Gana 1-0 Panama
18/06 07:00 O‘zbekiston 1-3 Kolumbiya
18/06 21:00 Chexiya 1-1 JAR
18/06 23:59 Shveysariya 4-1 Bosniya-Gertsegovina
19/06 03:00 Kanada 6-0 Qatar
19/06 06:00 Meksika 1-0 Janubiy Koreya
19/06 23:59 AQSh - Avstraliya
20/06 03:00 Shotlandiya - Marokash
20/06 05:30 Braziliya - Gaiti
20/06 08:00 Turkiya - Paragvay
20/06 22:00 Niderlandiya - Shvesiya

"Arsenal" APLning safardagi 6 o‘yinidan buyon gol o‘tkazib yubormayapti

"Arsenal" APLning safardagi 6 o‘yinidan buyon gol o‘tkazib yubormayapti

Baho:
+ | -

"Arsenal" fevral oyidan beri Premyer-liganing safar o‘yinida gol o‘tkazib yubormadi.

Kecha Mikel Arteta shogirdlari mehmonda "Vulverxempton"ni mag‘lub etishdi - 2:0.

Chempionatning so‘nggi oltita mehmonda o‘tkazgan o‘yinida “Arsenal” 22 ta gol urdi va bitta ham gol o‘tkazib yubormadi. Bu davrda “kanonirlar” “Vest Xem” (6:0), “Byornli” (5:0), “Sheffild Yunayted” (6:0), “Manchester Siti” (0:0), “Brayton” (3:0) va “Vulverxempton” (2:0) klublari bilan o‘ynagan.

Mehmonda urilgan 22 ta gol va o‘tkazib yuborilgan 0 ta gol - Premyer-liga tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkich. Avvalgi rekord 2008 yilning sentyabr va dekabr oylarida birorta ham gol o‘tkazib yubormagan holda ketma-ket 20 ta gol urgan “Chelsi”ga tegishli edi.

"Arsenal" 30 yanvar kuni "Nottingem Forest" bilan o‘yinda (2:1) APL doirasidagi safardagi so‘nggi golini o‘tkazib yuborgandi.

Kiritildi: 05:26, 21.04.2024.
O'qildi: 505 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик