"Liverpul" markaziy himoyachisi Virjil van Deyk o‘z jamoasining Premyer-liga chempionligi uchun kurashdagi muvaffaqiyatiga ishonishda davom etmoqda.
“Oldinda oltita muhim uchrashuv bor. Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Biz borimizni berishimiz kerak va shunday qilamiz ham. Biz har bir o‘yinga alohida e’tibor qaratishimiz kerak", - deya mersisaydliklarning 32 yoshli sardorining so‘zlarini keltiradi Fotmob.