Londonning "Arsenal" klubi Premyer-ligada tarixiy muvaffaqiyatga erishdi.
Mikel Arteta shogirdlari mehmonda ketma-ket 21 ta gol o‘tkazib yubormasdan, raqib darvozasiga gol urishdi. Serial 11 fevralda boshlangan.
Avvalgi rekord "Chelsi"ga tegishli edi. "Ko‘klar" 2008 yilning sentyabr-dekabr oylari oralig‘ida safarda ketma-ket 20 ta gol urdi va gol o‘tkazib yubormadi.
Bir kun avval "Arsenal" safarda "Vulverxempton"ni mag‘lub etdi.