Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 19:00 Metallurg 1-1 Navbahor
24/05 19:30 Olimpik 0-0 Andijon
24/05 23:45 Jenoa 2-0 Bolonya
25/05 00:00 Jirona 7-0 Granada
25/05 17:00 Osasuna - Vilyarreal
25/05 19:15 Real Sosyedad - Atletiko
25/05 21:00 Yuventus - Monsa
25/05 21:30 Almeriya - Kadis
25/05 21:30 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
25/05 23:45 Milan - Salernitana
26/05 00:00 Real Madrid - Betis
26/05 17:00 Xetafe - Malyorka
26/05 19:15 Selta - Valensiya
26/05 19:15 Las-Palmas - Alaves
26/05 21:00 Atalanta - Torino
26/05 21:00 Napoli - Lechche
26/05 23:45 Verona - Inter
26/05 23:45 Empoli - Roma
26/05 23:45 Frozinone - Udineze
26/05 23:45 Lasio - Sassuolo
27/05 00:00 Sevilya - Barselona

2025 yilda erkin agentga aylanadigan yulduzlardan tuzilgan ramziy terma jamoa: Saloh, De Bryuyne, Sane...

2025 yilda erkin agentga aylanadigan yulduzlardan tuzilgan ramziy terma jamoa: Saloh, De Bryuyne, Sane...

Baho:
+ | -

Darvozabon: Andrey Lunin

"Real" bilan shartnomasi tugashiga bir yil vaqt qolar ekan, ukrainalik posbon "Arsenal" tomonidan qiziqishlarga sabab bo‘la boshladi. Hozirda 25 yoshli futbolchining sport formasi ajoyib. Shu sabab, "qirollik klubi" u bilan yangi bitim tuzishni o‘ylay boshladi. Lunin yaqin davr ichida asosiy tarkibga yuz foiz munosib ekanini isbotlay oldi.

Markaziy himoyachi: Leni Yoro

Yoroga "Chelsi" hamda "Real" jiddiy qiziqish bildirmoqda. 18 yoshli futbolchi yozda o‘z jamoasini o‘zgartirishga yaqin turibdi. "Lill" yulduzining bu mavsumda ko‘rsatgan o‘yini fantastik darajaga chiqdi. Shu sababdan uning narxi kosmik tezlikda o‘sib, 40 million yevroga yetdi. Unga erishgan klub, kelajakka yaxshi sarmoya kiritgan bo‘lardi.

Markaziy himoyachi: van Deyk

Virjilning "Liverpul" bilan oxirgi marta shartnomani yangilashi 2021 yilga to‘g‘ri keladi. O‘shanda u jamoadagi eng ko‘p maoshga ega futbolchiga aylangandi. Yurgen Kloppning ketishi, niderlandiyalikning keyingi taqdiriga ta’sir etishi mumkin. Hozircha esa yangi shartnoma borasida hech qanday gap-so‘z mavjud emas.

O‘ng qanot himoyachisi: Aleksander-Arnold

"Real" ingliz futbolchisiga jiddiy qiziqish bildirayotgani aytilgan. Peres Trentni Karvaxal o‘rniga munosib nomzod sifatida ko‘radi. Ammo bu shartnomaga erishish oson emas. Birinchidan "Liverpul" 25 yoshli futbolchi uchun 100 million yevro so‘raydi. Ammo bu narx boy bo‘lgan "Real"ni ham o‘ylantirib qo‘yishi aniq.

Chap qanot himoyachisi: Alfonso Devis

Devis o‘tgan mavsum oldidan yangi shartnomaga imzo chekishga yaqin edi. Ammo "Bavariya" rahbariyatidagi o‘zgarishlar bunga yo‘l qo‘ymadi. Oqibatda, mana, kanadalik yulduz bir yildan keyin erkin agentga aylanadigan bo‘lib turibdi. 23 yoshli himoyachi uchun birinchi navbatda da’vogar bo‘ladigan klub bu, albatta "Real" bo‘ladi.

Yarim himoyachi: Yozua Kimmix

"Bavariya" bilan yangi bitim borasida kelishuvga borish oson bo‘lmadi. Shu sababli, Kimmix ketishi mumkin. Unga Manchester shahrining har ikki jamoasi qiziqish bildirgan. Shuningdek, "Barselona" ham nemis futbolchisiga ko‘z tikib turibdi.

Yarim himoyachi: Konor Gallaxer

Pochettino Gallaxerni "Chelsi"da saqlab qolishni istaydi. Ammo moliyaviy feyr pley qoidalari klubni, uni sotishga majbur qilishi mumkin.  Gallaxer uchun "Tottenxem" qiziqish bilan qaramoqda. 23 yoshli yarim himoyachining narxi 50 million funt atrofida bo‘ladi.

Yarim himoyachi: Kevin De Bryuyne

Belgiya terma jamoasi a’zosi APLning eng yaxshilaridan biri sanaladi. Afsuski, jarohatlar va yosh bilan bog‘liq muammolar De Bryuyne o‘yiniga ta’sir qilmoqda. Shu sababli, "Manchester Siti" ham uni 2025 yildan uyog‘iga jamoada olib qolmasligi mumkin. Gvardiola jamoasi hech qachon ketmoqchi bo‘lgan futbolchilarning yo‘lini to‘smagan. Shu sababli mayestroning keyingi manzili Saudiya bo‘ladi.

Vinger: Muhammad Saloh

"Liverpul" kelayotgan yozning o‘zida Klopp va Salohdan ayrilishi mumkin. Ha, bu muxlislar uchun og‘ir bo‘ladi. Ammo 30 yoshdan oshgan misrlikka arablardan yaxshigina takliflar bo‘lmoqda. Agarda Salohning klubdagi eng katta maoshga ega futbolchi eganini hisobga olsak, uni sotish "Liverpul"ga katta foyda keltiradi.

Vinger: Leroy Sane

Sane o‘tgan yil oxirida Myunxen klubi bilan yangi kelishuvga erishishi mumkin edi. Ammo ayrim voqealar bu ishni kechiktirdi. Hozir esa nemis hujumchisi Yevro-2024 gacha kutishni afzal ko‘rmoqda. U paytda esa Sanening shartnomasida 1 yillik muddat qolgan bo‘ladi. Ayni damda unga "Liverpul" va "Manchester Siti"dan qiziqishlar mavjud.

Hujumchi: Jonatan Devid

Devid "Lill"da bir necha yil davomida yuqori darajada harakat qilib kelmoqda. Uning shartnomasi 2025 yilda tugaydi va u paytgacha kanadalikka qator da’vogarlar bo‘ladi. 24 yoshli hujumchi xizmati uchun APLning "Arsenal", "Chelsi", "MYU" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirgan.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 20:21, 21.04.2024.
O'qildi: 3268 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.