Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

"Feyenoord" 14 karra Niderlandiya kubogi g‘olibiga aylandi

"Feyenoord" 14 karra Niderlandiya kubogi g‘olibiga aylandi

Baho:
+ | -

21 aprel kuni Niderlandiya kubogining final uchrashuvi "Feyenoord" va "NEK Neymegen" o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvga Rotterdamdagi “Feyenoord” stadioni mezbonlik qildi va 1:0 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Yagona gol muallifi o‘yinning 60-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol qilgan Igor Payshao bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, birinchi bo‘limda stadiondagi yong‘in tufayli uchrashuv ma’lum muddatga to‘xtatilgan edi. "Feyenoord" muxlislarining olovli shousidan so‘ng katta bannerlardan biri yonib ketdi. Yong‘in sodir bo‘lgan joyga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan, butun stadion quyuq tutun bilan qoplangandi. Yarim soatdan keyin o‘yin davom ettirildi.

Shu tariqa, “Feyenoord” Niderlandiya kubogi sohibiga aylandi.

Niderlandiya kubogida eng ko‘p g‘alaba qozonish bo‘yicha rekordchi "Ayaks" bo‘lib, u kubokni 20 marta qo‘lga kiritgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda "Feyenoord" joylashgan. Uning hisobida mamlakat kubogida 14 ta g‘alaba bor. Kuchli uchlikni PSV (11) yakunlab turibdi.

Kiritildi: 12:24, 22.04.2024.
O'qildi: 594 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик