Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Bellingem "Barselona"ni jazolashda davom etmoqda, unda kataloniyaliklarga nafrat bormi?

Bellingem "Barselona"ni jazolashda davom etmoqda, unda kataloniyaliklarga nafrat bormi?

Baho:
+ | -

Bellingem yana "El-Klasiko" taqdirini hal qildi

"Real" va "Barselona" o‘rtasidagi yana bir qizg‘in "El-Klasiko" 3:2 hisobida madridliklarning irodali g‘alabasi bilan yakunlandi. Va hal qiluvchi golni jamoa yetakchisi Jud Bellingem kiritdi, bu gol uning uchun mavsumdagi 21-gol bo‘ldi.

Qo‘shib berilgan daqiqalardayoq "Real" ajoyib hujumni boshladi: Braim Diaz o‘ng qanotga Lukas Vaskes tomon to‘pni uzatdi va u birinchi tegishidayoq jarima maydonchasiga uzatdi. U yerda "Barselona" himoyasi 34 yoshli Xoseluga qaradi va kataloniyaliklarni yana bir bor jazolagan Madridning asosiy yulduzi Bellingemni butunlay unutdi.

Jud La Ligada oxirgi marta 10 fevral kuni "Jirona"ga qarshi o‘yinda dubl qayd etgan edi. Endi esa u nihoyat o‘zining quruq seriyasini buzdi - "Real" bosh murabbiyi 20 yoshli ingliz futbolchisiga katta ishonch bildirgandi.

"Jud Bellingem yana gollar uradi, lekin u o‘z ko‘rsatkichlarini pasaytirgani haqiqat emas", - deya ishontirdi Anchelotti o‘yin oldidan jurnalistlarni. "Jud avvalgidan kamroq gol urishni boshladi. U hali ham ajoyib ish qilyapti".

Darvoqe, Bellingem "Barselona"ni birinchi marta jazolayotgani yo‘q. O‘tgan yilning oktyabr oyida "Real" kataloniyaliklarni Judning ajoyib o‘yini evaziga mag‘lub etgandi.

Bellingem "Real"ga emas, "Barselona"ga o‘tishi mumkin edi

Aftidan, angliyalikning otasidan meros bo‘lib qolgan "Barselona"ga shaxsiy ginasi bor. Ma’lum bo‘lishicha, Bellingem Madridga emas, balki Kataloniyaga o‘tishi mumkin edi. Ammo transferni uning dadasi to‘sib qo‘ygan va u "Barselona"ni kuchsiz jamoa deb atagan.

Que t’hi Jugues nashri bilan suhbatda tafsilotlarni 2017 yildan 2020 yilgacha ishlagan "ko‘k-anorranglilar"ning sobiq skauti Borxa Krkich aytdi: "Men uning otasi bilan Londonda uchrashuv tashkil qildim. Ammo u shunchaki kelmadi. Bilaman, u buni ko‘pchilikka qilgan. Va u buni bundan sal oldin "Barselona" bir necha yosh ingliz futbolchisi bilan shartnoma imzolagani bilan izohladi. Yo "Aston Villa"dan yoki "Vest Bromvich"dan. U: "Mening o‘g‘lim "Barselona"ga bormaydi" dedi. U bunday kuchsiz jamoada o‘ynay olmaydi".

Aftidan, Bellingem to‘g‘ri tanlov qilgan. "Real" La Liganing 32-turidan so‘ng "Barselona"dan 11 ochko farq bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda va mamlakat chempionligiga ishonch bilan yaqinlashmoqda.

Kiritildi: 15:28, 22.04.2024.
O'qildi: 2371 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик