Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/08 19:00 Nasaf 1-2 Paxtakor
18/08 19:00 So‘g‘diyona - Qizilqum
18/08 20:00 Buxoro - Neftchi

Arauxo kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi

Arauxo kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning "Barselona" klubi markaziy himoyachisi Ronald Arauxo faoliyatidagi muhim qarorni qabul qildi. Jurnalist Fernando Poloning xabariga ko‘ra, urugvaylik futbolchi rahbariyat uni boshqa klubga sotish istagi haqidagi mish-mishlarga qaramay, "Barselona"da qolmoqchi.

Shuningdek, “Blaugrana” bosh murabbiyi Xavi Ernandes jamoa menejerlariga Arauxoni hech qanday sharoitda sotilmasligini aytgan. Mutaxassis urugvaylikni top futbolchi deb biladi va u bilan xayrlashmoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq urugvaylik futbolchi uchun yozgi transfer oynasida taxminan 100 million yevro to‘lashga tayyor bo‘lgan "Bavariya" Arauxoga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 12:02, 25.04.2024.
O'qildi: 4362 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик