"Manchester Yunayted" yozgi transfer oynasida o‘z tarkibini kuchaytirmoqchi.
Sport Bild xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" so‘nggi haftalarda "Bayer Leverkuzen" futbolchisi Jeremi Frimpong bilan aloqalarni kuchaytirgan.
Gap butun o‘ng qanot bo‘ylab - himoyadan hujumga qadar harakat qila oladigan futbolchi haqida ketmoqda. Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 23 yoshli Jeremi Frimpongni 50 million yevroga baholamoqda.
2023/2024 yilgi mavsumda niderlandiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 40 ta rasmiy o‘yinda 13 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.