Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Terriga shaxsan Fergyusonning o‘zidan taklif bo‘lgan

Terriga shaxsan Fergyusonning o‘zidan taklif bo‘lgan

Baho:
+1 | -

"Chelsi" va Angliya terma jamoasining sobiq sardori Jon Terri ser Aleks Fergyuson uni "Manchester Yunayted"ga o‘tish uchun tinimsiz chaqirgani haqida gapirdi.

"Men "Vest Xem" akademiyasida ikki yoki uch yil o‘ynadim va bir kechada murabbiyimiz ketganini bildik, shuning uchun dadamga qaytishni istamasligimni aytdim.

Keyin men bir yil davomida "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" variantlari orasida o‘ylanib yurardim.

"Arsenal" ham, "Yunayted" ham meni taklif qildi, biroq "Chelsi" hech narsa qilmadi. Ser Aleks Fergyuson har hafta uyimga qo‘ng‘iroq qilib, men va dadam bilan gaplashib, mashg‘ulotlarda to‘g‘ri ishlayotganimni aytar edi. 

Bularning barchasiga qaramay, men "Chelsi"ga kelganimda, bu men uchun to‘g‘ri klub ekanligini bilardim. Bu yerni uyimdek his qildim", – dedi Terri. 

Manba: dailystar.co.uk
Kiritildi: 15:32, 26.04.2024.
O'qildi: 922 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик