Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

“Bunyodkor”ga 5 milliard ajratildi

“Bunyodkor”ga 5 milliard ajratildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasiga davlat tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-martdagi PQ-107-sonli “Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik sub’ektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, poytaxt klubiga 5 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu yordam fonida jamoa Superliganing navbatdagi uchrashuvlariga belgilangan reja asosida tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Xabarda, shuningdek, klub qiyin vaziyatda jamoani qo‘llab-quvvatlayotgan barcha muxlislar, blogerlar, sport ommaviy axborot vositalari hamda O‘zbekistonning boshqa futbol klublariga minnatdorchilik bildirgani qayd etilgan. Xususan, jamoa “Paxtakor”, “Surxon”, “Buxoro”, “Navbahor” hamda “Olimpik mobiuz” klublariga alohida tashakkur izhor qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Bunyodkor” futbol klubi yo‘l xarajatlari hamda mehmonxona uchun mablag‘ yo‘qligi sababli 15-tur doirasidagi “Qizilqum”ga qarshi safar o‘yiniga bora olmasligini ma’lum qilgan edi. Shundan so‘ng O‘zbekiston professional futbol ligasi reglamentga muvofiq poytaxt klubiga texnik mag‘lubiyat yozilishini bildirgandi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 17:52, 01.08.2026.
O'qildi: 2671 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик