Yaqinda matbuotda hujumchi Gonsalo Garsiya va hujumkor yarim himoyachi Sesar Palasios «Real»dan «Fulxem»ga o‘tishga yaqin turgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Marca nashrining xabar berishicha, London klubi madridliklarning yana bir a’zosini nishonga olgan. Uchinchi futbolchi — yarim himoyachi Tyago Pitarch.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 18 yoshli Pitarchning o‘zi ham «Fulxem»ga o‘tishga va u yerda Alvaro Arbeloa bilan yana birga ishlashga tayyor. Tyago 2025/2026 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida ushbu murabbiy qo‘l ostida muntazam ravishda maydonga tushib kelayotgan edi.
Tyago Pitarchning bozor qiymati Transfermarkt portali mutaxassislari tomonidan 20 million yevroga baholanmoqda.













