Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Kobbi Maynu: «To‘p bilan bo‘lganimda o‘zimni qulay his qilaman»

Kobbi Maynu: «To‘p bilan bo‘lganimda o‘zimni qulay his qilaman»

Baho:
+ | -

So‘nggi paytlarda «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kobbi Maynu, shubhasiz, mashhur bo‘lib ketdi.

 Buni unga muxlislar tomonidan yo‘llangan savollarning oxiri ko‘rinmaganidan ham bilib olish mumkin. Yaqinda mankunianliklar klubining rasmiy saytidagilar Kobbi bilan muxlislar o‘rtasida o‘ziga xos intervyu uyushtirishdi. Quyida ana shu qizg‘in kechgan suhbatning eng qiziq joylarini e’tiboringizga havola qilamiz.

- Ismingiz qanday talaffuz qilinadi?

- Kobbi (Kob-i) Maynu (Yangi may).

- Bolaligingiz qanday o‘tgan? Unda futbolning roli qanchalik edi?

- Futbol mening bolaligim edi. Aytmoqchimanki, Har doim butun hafta davomida futbol o‘ynaganman: dam olish kunlari, maktabda, istalgan joyda. Shuningdek, uyda, hatto yashash xonamda ham. Garchi bu onamga o‘qmasa-da.

- Siz uchun «Yunayted»da o‘ynagan eng mukammal yarim himoyachi kim va nima uchun?

- Pol Skoulz! Garchi himoyada u ham men kabi zo‘r o‘ynamagan bo‘lsa-da! (kuladi) Lekin ha, bu Skoulz, albatta.

- Xo‘sh, uning o‘yinida sizga ko‘proq nima yoqdi?

- Hammasi. Uning e’tibori, harakatlari, qanday qilib fantaziyasini tugatishi... Aql-zakovatiga gap yo‘q, u ajoyib o‘yinchi edi.

- Kumiringiz kim?

- Menda alohida bir o‘yinchi bor deya olmayman. Turli odamlardan turli xil narsalarni o‘rganishni yaxshi ko‘raman. Turli futbolchi o‘yinlaridan turli xil narsalarni tanlayman va ularni o‘z o‘yinlarimga qo‘shishga harakat qilaman.

- Futbolda o‘smoqchi bo‘lgan, lekin qiyinchiliklarga duch kelgan yoshlarga qanday maslahat berasiz?

- Qanday o‘ynashingizda izchil bo‘lishga harakat qiling va masalan, kim bilan yoki kimga qarshi o‘ynashingiz muhim emas, shunchaki o‘ynashga harakat qiling. O‘z o‘yiningizni o‘ynang va narsalar noto‘g‘ri yoki sizga qarshi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang. Va menimcha, bu siz qila oladigan asosiy narsa. Faqat o‘z nazoratingizdagi narsalar haqida qayg‘uring va to‘g‘ri ish qilishga harakat qiling.

- To‘p bilan muomala qilishda sovuqqonlikni qayerdan olasiz?

- Bilmayman, demoqchimanki, o‘zimni to‘p bilan bo‘lganimda har doim qulay his qilardim. Hammasini nazorat qilganimda o‘zimni shunday his qilaman.

- Bu borada akademiyada o‘rganganlaringiz yordam berdimi?

- Albatta, akademiyada juda yoshligimizdanoq to‘pni boshqarishga katta e’tibor berishadi. Shunday qilib, to‘p oyog‘im ostida bo‘lsa, men o‘zimni o‘ta qulay his qilaman.

- Bolalikdagi aynan qaysi mashqlar markaziy yarim himoyachi sifatida rivojlanishingizga ko‘proq yordam berdi?

- Futzal katta yordam berdi. Aytmoqchimanki, to‘pni iloji boricha oyoqda ushlab turish va har doim yaqinlashib kelayotgan o‘yinchilar uchun yelkangizni tekshiring. Shunday qilib, bu albatta yordam berdi.

- Nima uchun «37»?

- Bu menga berilgan raqam (kuladi). Menda tanlash imkonim yo‘q edi! Shunchaki, o‘tgan mavsumda 73-raqamda o‘ynardim va rostini aytsam, bu mavsum qaysi birida o‘ynash meni qiziqtirmadi.

- Qaysi vaqtda futbolchi bo‘lishni xohlayotganingizni tushundingiz? Bu ma’lum bir o‘yin, o‘yinchi yoki shaxsiy tajriba bilan bog‘liqmi?

- Esimda yo‘q. Men har doim to‘pni oyog‘imda ushlab turganimni eslayman, shuning uchun faqat bitta yo‘l bor edi (kuladi). Buni juda yaxshi qilyapman, deb o‘yladim, shuning uchun davom etishim mumkin edi. Bu har doim shunday bo‘ladi.

- Laqabingiz bormi?

- Ko‘pchilik meni «Kobs» deb chaqirishadi.

- Katta o‘yin oldidan ruhiy va jismoniy tayyorgarlikni qanday tartibda olib borasiz?

- Hech qanday ortiqcha harakatlar qilmayman. Shunchaki, odatiy kunlik tartibga amal qilaman.

- Kazemirodan nimalarni o‘rgandingiz?

- Undan yanada ko‘proq narsalarni o‘rganishni istayman, chunki u maydondagi hamma narsani boshqalardan oldinroq seza oladi. Kutilmagan va tezkor qarorlari juda ko‘p.

- Agar futbolchi bo‘lmaganingizda nima bilan shug‘ullanardingiz?

- Bilmayman. Ehtimol, boshqa sport turi bilandir. Bilasizmi, men eng avvalo biror jismoniy mashg‘ulot bilan shug‘ullanardim, deb o‘ylayman, chunki bu menga boshqa sport turlari va futbolda doim yoqqan narsadir.

- O‘zingizga boshqa qaysi sport turi yoqadi?

- Menga basketbol yoqadi, lekin Buyuk Britaniyada bu qiyin. Lekin, boks va shunga o‘xshash jang san’atlarini ham yaxshi ko‘raman. Yoshligimda biroz shug‘ullanganman.

- Jamoadagi eng yaqin do‘s­tingiz kim?

- Ehtimol Garnacho (Alexandro) yoki Amad (Diallo). Aytgancha, yoki Villi (Kambvala). Jamoadagi barcha yoshlar bilan yaqinman, jumladan, Rasmus (Xoylund) bilan ham.

- Yillar davomida Reshford va Maktominey kabi akademiya bitiruvchilari o‘yinini tomosha qilish va bitiruvchi sifatida ular bilan birga o‘ynash qanday?

- Bunga ishonish qiyin. Aytmoqchimanki, dastlab televizorda ularning o‘yinlarini tomosha qilish, «Play Station»da ular bilan o‘ynash... Keyin esa mashg‘ulotlarga kelib, ularni har kuni ko‘rish - bu, albatta, ajoyib tajriba.

- «Manchester Yunayted»da sizga ko‘proq nima yoqadi?

- Bu men doimo muxlislik qilgan futbol klubi. Ulg‘ayishim, ularni kuzatishim va boshqa hamma-hamma narsani nazarda tutyapman. Shunday qilib, bu yerda bo‘lish va bunday katta klubda o‘ynash shunchaki orzu.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:15, 27.04.2024.
O'qildi: 920 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.