Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

2025 yilda o‘tkaziladigan ayollar futzali bo‘yicha OCH formati tasdiqlandi

2025 yilda o‘tkaziladigan ayollar futzali bo‘yicha OCH formati tasdiqlandi

Baho:
+ | -

Tailand poytaxti Bangkok shahrida OFKning futzal va sohil futboli qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda har ikki sport turining davomiy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlar doirasida bir qancha muhim qarorlar qabul qilindi. Unda O‘FA qoshidagi futzalni rivojlantirish qo‘mitasi rahbari Jahongir Usmonov ham ishtirok etdi.

Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi final uchrashuvi arafasida tashkil etilgan tadbirda qo‘mita raisi Mehdi Taj final ishtirokchilarini tabrikladi. Tailand futbol assosiasiyasiga ajoyib mezbonlik va tashkilotchilik uchun minnatdorlik bildirdi.

Qo‘mita 2025 yilda start oladigan futzal bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi birinchi FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida har to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladigan OFK ayollar futzali bo‘yicha Osiyo kubogi turnirining formati, musobaqa sanalari va reglamentini tasdiqladi.
 
2025 yilning 7-18 may kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan futzal bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi final bosqichida qit’aning eng kuchli 12 terma jamoasi har biri to‘rtta jamoadan iborat uchta guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi. Guruhda dastlabki ikki o‘rin egalari va ikkita eng yaxshi uchinchi o‘rinni egallaganlar chorak finalga yo‘l oladi.
 
Osiyo kubogida sovrindor bo‘lgan 3 terma jamoa esa futzal bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi ilk Jahon chempionatiga yo‘llanma oladi. Qo‘mita shuningdek OFK ma’muriyatiga saralash o‘yinlari formati va musobaqa sanalarini aniqlab berish vazifasini topshirdi. Ular qabul qilingan arizalar sonidan kelib chiqqan holda hal qilinadi va 2025 yilning yanvar oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Yig‘ilishida Osiyo futzalining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatayotgan masalalar ham kun tartibiga qo‘yildi.
 
Qo‘mita a’zolari 2024 yilning 15-24 noyabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan sohil futboli bo‘yicha Osiyo kubogining saralash o‘yinlari formati va musobaqa sanalari to‘g‘risida fikr almashishdi.
 
Bundan tashqari, hakamlar, texnik va rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan keng qamrovli tashabbuslar hamda dasturlar, jumladan, OFK futzal va sohil futboli bo‘yicha murabbiylik kurslari, a’zo assosiasiyalarni rivojlantirish bo‘yicha onlayn uchrashuvlar masalalari ham muhokama qilindi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 11:34, 28.04.2024.
O'qildi: 3826 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик