Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Levandovski "Valensiya" bilan o‘yindagi xet-trik haqida fikr bildirdi

Levandovski "Valensiya" bilan o‘yindagi xet-trik haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski "Valensiya"ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etganidan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

35 yoshli futbolchi 49, 82 va 93-daqiqalarda darvozani ishg‘ol qilib, jamoasiga La Liganing 33-turi doirasidagi (4:2) “ko‘rshapalaklar” ustidan irodali g‘alabani keltirdi.

“Uchta gol urish oson emas. Ikkinchi bo‘limda tezroq o‘ynashimiz kerakligini bilardik. Biz uch ochko oldik, to‘rtta gol urdik – yaxshi o‘ynadik, endi “Jirona” bilan keyingi o‘yin haqida o‘ylashimiz mumkin.

Menda La Ligada 16 ta gol bor va hujumda yaxshi harakat qilsak, men uchun gol urish osonroq bo‘ladi. Biz bir jamoa bo‘lib ishlaymiz va shunda butun jamoa g‘alaba qozonadi”, dedi Levandovski DAZN nashriga.

Kiritildi: 03:42, 30.04.2024.
O'qildi: 1318 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик