Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dilshod Rahmatov: «Ushbu medal men uchun oltinga teng»

Dilshod Rahmatov: «Ushbu medal men uchun oltinga teng»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi sardori Dilshod Rahmatov Osiyo kubogidagi ishtirok va kelajakdagi rejalar haqida fikr bildirdi.

"Bu men uchun oltinchi Osiyo kubogi bo‘ldi. Avvalgilaridan farqli ravishda birorta o‘yinda mag‘lub bo‘lmadik va bronza medallarini qo‘lga kiritdik. Ushbu medal men uchun oltinga teng. Oddiy gapdek tuyulishi mumkin, ammo buning ortida katta mehnat turibdi. Yangi murabbiyimiz Xose Venansio Lopes yoshlarni ham tarkibga jalb qildi. Ularning aksariyati ilk bor Osiyo kubogida ishtirok etdi. O‘z ustimizda ishlashda davom etamiz. O‘ylaymanki, biz to‘g‘ri yo‘ldamiz va Jahon chempionatiga bundan ham kuchli bo‘lib qaytamiz.

Eron bilan o‘yindan so‘ng uchrashuvga ruhan tayyor emasdik. Konsentrasiyani yo‘qotdik va Tojikiston arzimagan xatolardan foydalanib ketdi. Osiyo kubogi qit’ada kuchsiz jamoalar qolmaganini yaqqol ko‘rsatib berdi", — dedi Rahmatov.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 20:18, 30.04.2024.
O'qildi: 1389 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик