Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emosional tarzda munosabat bildirdi

Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emosional tarzda munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

“Katta dubulg‘a” turnirlarining 22 karra chempioni, dunyoning sobiq birinchi raqamli tennischisi, 37 yoshli ispaniyalik Rafael Nadal Madriddagi “Masters” turkumidagi turnirning 1/8 finalda Chexiya vakili Irji Lehechka (5:7, 4:6) bilan o‘yindagi mag‘lubiyatini emosional tarzda izohladi.

“Men haqiqatan ham baxtliman. Bu men uchun o‘zgacha hafta bo‘ldi. Juda ijobiy, hissiyotlarga boy. Yana bu kortda o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lganimdan xursandman. Faoliyatim davomida menga yordam bergan barchaga rahmat aytishim mumkin. Lekin hali faoliyatim tugamadi.

Bu yerda o‘ynashim menga sovg‘adek. Men o‘zim yoqtirgan ish bilan shug‘ullanayotganimdan xursandman. Men bu martabaga ega bo‘lganimdan juda baxtiyorman. Men bundan ortiq narsani orzu ham qila olmasdim” — dedi Nadal o‘yindan keyingi intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Nadal uchun bu Madriddagi turnir so‘nggi o‘yin bo‘lishi mumkin, chunki u joriy mavsum oxirida faoliyatini yakunlamoqchi.

Nadalni mag‘lubiyatga uchratgan Lehechka turnirning navbatdagi turida rossiyalik Daniil Medvedev bilan bahs olib boradi.

Kiritildi: 11:34, 01.05.2024.
O'qildi: 795 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.