Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Ten Xagning sabri tugayaptimi?

Ten Xagning sabri tugayaptimi?

Baho:
+ | -

«MYU» bosh murabbiyi Erik ten Xag «Bernli»ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida 3ta nashr jurnalistlari bergan savollarga quloq tutishni ham xohlamadi

Aniqrog‘i, Manchester Evening News, The Mirror va The Sun gazetalari xodimlari bilan gaplashishdan bosh tortdi. Ajabo, bu qanaqasi? Shunga o‘xshash holat o‘tgan yilning oxirida ham kuzatilgan edi. Niderlandiyalik mutaxassis o‘shanda («Chelsi» bilan o‘yin oldidan) 4 nafar jurnalistni matbuot anjumaniga kiritmagandi.

Erik ten Xagning yangi taqiqi uncha qattiq emas: Manchester Evening News, The Mirror va The Sun nashrlari vakillari anjumanga kerishlari mumkin, faqat savol berishmasa, bas. Niderlandiyalik mutaxassis yaqindagina jurnalistlarni axloqsizlikda ayblagandi: «Ochig‘i, «Koventri» bilan o‘yinmimizga reaksiyangiz va sharhlaringiz - sharmandalik. Yuqori darajali futbolda natija muhim: mana, «MYU» finalga chiqdi, jamoam bunga faqat oxirgi o‘yini emas, balki avvalgi bos­qichlarda qayd etgan natijalari bilan ham munosib edi». The Telegraph xabariga ko‘ra esa, Erik ten Xag avvalgi chorshanba kuni «Sheffild Yunayted»ga qarshi kechgan o‘yindan keyinoq ba’zi jurnalistlar savollarini e’tiborsiz qoldirgan.

Xo‘sh, «MYU» ustozini nima g‘azablantirmoqda? Gap shundaki, dekabr oyida ten Xag futbolchilar ishonchini yo‘qotganini yozgan jurnalistlar endi klub rahbariyati sabri tugab borayotgani haqida bong urishmoqda.  Mana, oxirgi misollar:

Semyuel Lakxerst (Manchester Evening News): - «Koventri» bilan o‘yinda kuzatilgan voqealardan keyin Erik ten Xagning klubda qolishiga ishonmayman - u hozirning o‘zida ketishi kerak.

Saymon Malok (The Mirror): - Murabbiyga yaqin manbalardan ma’lum bo‘lishicha, agar u ser Jim Retkliffdan kafolat olmasa, mavsum oxirida jamoadan ketadi.

Nil Kastis (The Sun): - Erik ten Xag yozda ishdan bo‘shatiladi, hatto Angliya kubogidagi g‘alaba ham uni iste’fodan qutqarolmaydi.

Insayder Nizar Kinsella ham Erik ten Xag mavsum yakunida «MYU» bilan xayrlashishi muqarrar ekanligi haqida yozmoqda. Ta’kidlanishicha, klubning yangi rahbariyati niderlandiyalik mutaxassisga ortiq imkoniyat bermoqchi emas. Chunonchi, «MYU» boshqaruvini 2022 yili qo‘lga olgan 53 yoshli murabbiy kutilgan natijani ta’minlolmayapti.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 07:35, 02.05.2024.
O'qildi: 590 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.