Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

"Borussiya" tez orada Sancho bilan muzokaralarni boshlaydi

"Borussiya" tez orada Sancho bilan muzokaralarni boshlaydi

Baho:
+ | -

Dortmundning "Borussiya" klubi vinger Jeydon Sanchoni o‘z safida saqlab qolishga umid qilmoqda.

“Asalarilar” angliyalik futbolchini yanvar oyida “Manchester Yunayted”dan ijaraga olgandi – shartnoma mavsum oxirigacha amal qiladi.

24 yoshli futbolchi bosh murabbiy Erik ten Xag bilan mojaro tufayli "qizil iblislar" safidan chetlashtirildi, biroq Dortmundga qaytganidan keyin yana o‘zini ko‘rsata oldi.

Insayder Nikolo Skiraning so‘zlariga ko‘ra, "Borussiya" Sanchoni o‘zining asosiy futbolchisi deb biladi.

Klublar yaqin kunlarda vinger borasida kelishuvga erishish uchun muzokaralar olib borishi kutilmoqda.

"Borussiya" uchun asosiy muammo - Sanchoning yuqori maoshi. Ehtimol, tomonlar ushbu vaziyatda ijara muddatini uzaytirishni eng foydali yechim deb hisoblashadi.

Kiritildi: 08:57, 02.05.2024.
O'qildi: 186 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик