Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Nyukasl"ning yana bir futbolchisi uchun mavsum yakunlandi

"Nyukasl"ning yana bir futbolchisi uchun mavsum yakunlandi

Baho:
+ | -

"Nyukasl" himoyachisi Fabian Sher mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda "qarg‘alar" bosh murabbiyi Eddi Xau aytib o‘tdi.

“Fabian Sher tizzasidagi muammo tufayli bir muncha vaqt maydonga tushmaydi. Uni bu mavsumda yana maydonda ko‘rishimizga ishonmayapman", - deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.

Joriy mavsumda 32 yoshli markaziy himoyachi barcha turnirlarda 45 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Mavsum oxirigacha "Nyukasl" "Byornli", "Brayton", "Manchester Yunayted" va "Brentford"ga qarshi o‘yinlar o‘tkazadi.

Kiritildi: 18:24, 03.05.2024.
O'qildi: 503 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик