Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rays: "Bugun katta ish borligini bilardik"

Rays: "Bugun katta ish borligini bilardik"

Baho:
+ | -

Deklan Rays APLning 36-turidan o‘rin olgan "Bornmut"ga (3:0) qarshi o‘yindan so‘ng fikr bildirdi.

25 yoshli yarim himoyachi uchrashuvning 97-daqiqasida uchinchi golga assistentlik qildi.

"Birinchi bo‘limda ustunlik qilganimizni o‘zingiz ko‘rdingiz deb o‘ylayman. To‘rt-beshta gol urishimiz mumkin edi. Men gol urish, pas berish imkoniyatiga ega bo‘ldim va gol urish imkoniyatini his qildim. Gol, golli uzatma va uch ochko – bizga kerak bo‘lgan narsa.

Men assist berishni yaxshi ko‘raman. Bu juda yaxshi. Bu muhim natija edi. Ular yaxshi formada edilar, ular ajoyib jamoa va biz bugun katta ish borligini bilardik va buni uddalashimiz kerak edi", - dedi “Arsenal” yarim himoyachisi.

Bugungi g‘alabadan so‘ng “kanonirlar” liga turnir jadvalidagi peshqadamlikni mustahkamladi. Mikel Arteta shogirdlari 36 o‘yindan keyin 83 ochko jamg‘argan.

Ikkinchi o‘rindagi “Manchester Siti” 34 o‘yindan keyin 79 ochkoga ega. Kuchli uchlikni yakunlab turgan “Liverpul” 35 o‘yinda 75 ochko to‘plagan.

Kiritildi: 20:01, 04.05.2024.
O'qildi: 655 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик