Mark-Andre ter Shtegen "Barselona" safidagi 409-uchrashuvini o‘tkazdi. "Barselona" La Liganing 34-turi doirasida "Jirona"ga mag‘lub bo‘ldi.
Bu o‘yin Mark-Andre ter Shtegen uchun "ko‘k-anorranglilar" safidagi 409-uchrashuv bo‘ldi. Nemis futbolchisi «Barsa» safida o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha Dani Alvesni (408) ortda qoldirdi.
“Barselona”ning xorijlik futbolchilari orasida faqat Lionel Messi ko‘proq o‘yin o‘tkazgan – argentinalik futbolchi kataloniyaliklar safida 778 ta o‘yin o‘tkazgan.