"Barselona" bosh murabbiyi Xavi kelajagi borasidagi yangi munozaralarni rad etdi.
“O‘yin oxirida prezidentning yuzini ko‘rib, kelajagim haqidagi yana gap-so‘zlar boshlani, deb o‘yladingizmi? Mening kelajagim haqida hech qanday suhbat bo‘lmaydi", - deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi AS nashri.
La Liga o‘yinida “ko‘k-anorranglilar” “Jirona”ga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berib, “Real”ga muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritish imkonini berdi.