Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

APL. «Liverpul» o‘z uyida «Tottenxem»ni taslim etdi

APL. «Liverpul» o‘z uyida «Tottenxem»ni taslim etdi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 36-turi doirasida «Liverpul» o‘z maydonida «Tottenxem»ni qabul qilib, ishonchli hisobda g‘alaba qozondi.  

Bahsning 16-daqiqasida Muhammad Saloh hisobni ochgan bo‘lsa, taym so‘ngida Robertson mersisaydliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Ikkinchi bo‘limning dastlabki 15 daqiqasi ham Klopp jamoasi uchun muvaffaqiyatli keldi. "Qizillar" yana 2 ta gol urib, hisobni 4:0 ko‘rinishga keltirib qo‘yishdi.

"Shporlar" esa shundan so‘ng biroz uyg‘onishdi hamda o‘yin oxiriga qadar raqib darvozasiga 2 marta yo‘l topishdi. Yakuniy hisob — 4:2.

"Liverpul" bugungi g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolarini 78 taga yetkazib, peshqadamlar "Arsenal" va "Manchester Siti"n quvishda davom etadi. Ammo jamoada chempionlik uchun imkoniyat juda kam qoldi. "Tottenxem"da kuchli to‘rtlikka kirish imkoniyati keskin pasayib ketdi.

APL, 36-tur
Liverpul – Tottenxem 4:2 (2:0, 2:2)
Gollar: 1:0 – 16 Saloh, 2:0 – 45 Robertson, 3:0 – 50 Gakpo, 4:0 – 59 Elliott, 4:1 – 72 Risharlison, 4:2 – 77 Son Xyong Min.
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Kuansa, Robertson (Gomes, 64), Endo (Baychetich, 65), Mak Allister (Gravenberx, 75), Elliott (Soboslai, 83), Saloh, Dias (Nunyes, 75), Gakpo.
Tottenxem – Vikario, Porro, Romero, van de Ven, Emerson (Skipp, 61), Bentankur (Risharlison, 61), Bissuma, Sarr (Lo Chelso, 75), Kulusevski (Meddison, 61), Son Xyong Min, Jonson.
Ogohlantirishlar: Sarr (44), van de Ven (47), Emerson (57), Bissuma (63), Aleksander-Arnold (90+2).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:42, 05.05.2024.
O'qildi: 1380 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик