Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Boks. Dilshodbek Ro‘zmetov AQSHda debyut jangini o‘tkazadi

Boks. Dilshodbek Ro‘zmetov AQSHda debyut jangini o‘tkazadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Yarimog‘ir vazn toifasidagi bokschimiz Dilshodbek Ro‘zmetov o‘tgan yili noyabr oyida AQSHga jo‘nab ketgan edi.

O‘tgan yarim yil davomida faqat mashg‘ulotlar bilan cheklangan charm qo‘lqop ustamiz yaqinda "Fight Game Advisors" promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagandi. Nihoyat, uning okean ortidagi ilk jangi sanasi va manzili tasdiqlandi.

Havaskorlar o‘rtasida jahon chempionatining kumush medali sovrindori, Osiyo chempioni, Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi bo‘lgan Ro‘zmetov 22 iyun kuni AQSHning Pensilvaniya shtati Filadelfiya shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ringga ko‘tariladi. Hozircha uning raqibi rasman ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli charm qo‘lqop ustamiz 2021 yilning dekabr oyida professional boksda debyut qilgan edi. Shundan so‘ng u prof ringda 3 ta jang o‘tkazdi va barchasida g‘alaba qozondi. Ro‘zmetov hozirda Florida shtatining Boka-Raton shahrida Artyom Kuzminov va Derik Santos bilan birgalikda mashg‘ulot olib bormoqda.

Manba: Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси матбуот хизмати
Kiritildi: 18:24, 07.05.2024.
O'qildi: 754 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик