Kirish Ro'yxatdan o'tish

Levandovski "Barselona"dan kattagina pul ishlab olmoqda

Levandovski "Barselona"dan kattagina pul ishlab olmoqda

Baho:
+ | -

"Barselona" ikki yil davomida Robert Levandovski uchun 58 million yevro sarflashi mumkin.

«Uning to‘rt mavsumlik shartnomasi bor, hozir ikkinchisi davom etmoqda. Uchinchisi uchun u eng ko‘p pul oladi - soliqlardan tashqari 32 million yevro.

To‘rtinchi yilda o‘ynasa, 26 million ishlab oladi, ya’ni jami 58 million ishlab olishi mumkin.

Biroq uning shartnomasida “Barselona” rasmiy o‘yinlarining 55% dan kamrog‘ida o‘ynasa, so‘nggi mavsumgacha shartnomani bekor qilishi mumkinligi haqida band bor.

Qayd etish kerakki, shartnomada jarohat tufayli o‘tkazib yuborilgan o‘yinlar qanday hisobga olinishi ko‘rsatilmagan.

Bonuslar ham taqdim etiladi: La Ligadagi g‘alaba uchun 600 mingdan tortib, trebl uchun 2 milliongacha”, — dedi jurnalist Sike Rodriges.

Kiritildi: 23:54, 07.05.2024.
O'qildi: 1942 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик