Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 1-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Mirjalol Qosimov: «1:4 holatidan o‘yinga qayta oldik»

Mirjalol Qosimov: «1:4 holatidan o‘yinga qayta oldik»

Baho:
+ | -

Superliga 6-turidan o‘rin olgan OKMK – «Nasaf» (3:4) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov o‘z fikrlarini bildirib ztdi.

"Avvalo o‘yinga bahoni muxlislar beradi. Ammo, o‘ylashimcha, qiziqarli va mazmunli uchrashuv bo‘ldi. «Nasaf» to‘p bilan muomala, bir birini tushunib o‘ynash borasida yaxshi shakllangan jamoa sanaladi. Bellashuvdan avval yigitlarga qarshi hujumlarni o‘tkazib yubormaslikni ta’kidlagan edim. Ikki, uch va to‘rtinchi golda shu jihatda oqsadik. O‘ylaymanki, bahs muxlislarga yoqdi. «Nasaf» haqli g‘alabaga erishdi. Meni quvontirgan jihat esa 1:4 holatidan o‘yinga qayta oldik. Muxlislardan bugungi mag‘lubiyat uchun uzr so‘rayman.

«Nasaf»ning Andijonga qarshi bahslarini ham, undan oldingilarini ham o‘rganib chiqqan edik. Raqib 2-3 uzatma bilan xavfli vaziyat yarata oladigan jamoa sanaladi. To‘xtaxo‘jayevning jarohati bor edi. Shu sababli yarim himoyachilarning xizmatlaridan foydalandik.

Jamoamizda avlodlar almashinuvi ketmoqda. OKMK rahbari Abdulla Xursanovga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Klub akademiyasi ustida ishlar ketmoqda. Aynan o‘z akademiyamimzdan 50 foiz futbolchilarni yetishtira olsak, poydevorimiz baquvvat bo‘ladi. Bu oson ish emas. Akademiyamizni ishga tushira olsak, mahalliy yoshlarga ham imkoniyat ko‘proq tug‘iladi. Bundan tashqari, o‘nga yaqin futbolchi tarkibda yangi kelib qo‘shilishdi. Tarkibni to‘liq yoshartirib yuborish ham unchalik to‘g‘ri bo‘lmaydi. Bunga biroz vaqt kerak".

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 02:57, 08.05.2024.
O'qildi: 1192 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик