Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 1-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 2-1 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano 3-0 Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-0 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-0 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK

APL. “Manchester Siti” safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi va turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi (videosharh)

APL. “Manchester Siti” safarda yirik hisobda g‘alaba qozondi va turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya Premyer Ligasining 37-turida “Manchester Siti” 11 may, shanba kuni “Fulhem”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 13-daqiqasida Yoshko Gvardiol hisobni ochdi. Bo‘lim “shaharliklar”ning kichik ustunligi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda ham mehmonlar ustunlik namoyish etdi. 59-daqiqada Fil Foden hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. 71-daqiqada esa Gvardiol dublni rasmiylashtirdi.

90+5-daqiqada “Fulhem” futbolchisi Diop qizil kartochka oldi. 90+6-daqiqada esa Xulian Alvares penaltini aniq amalga oshirdi va hisobni 4:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Pep Gvardiola shogirdlari ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 85 taga yetkazdi va musobaqa jadvali yetakchisiga aylanib oldi. “Arsenal” esa 83 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Londonliklar ushbu turdagi o‘yinini ertaga, 12 may kuni “Manchester Yunayted”ga qarshi o‘tkazadi.

APL, 37-tur bahsi
11 may, shanba
“Fulhem” — “Manchester Siti” 0:4
Gollar: 0:1 – 13 Gvardiol, 0:2 – 59 Foden, 0:3 – 71 Gvardiol, 0:4 — 90+6 Alvares.
“Fulhem”: Leno, Kastan, Diop, Bassi, Robinson, Pereyra (Uilson, 74), Palinya, Villian (Traore, 46), Dekordova-Rid (Kerni, 46), Ivobi, Rodrigo Muniz (Broya, 67).
“Manchester Siti”: Ederson, Akanji, Ake (Uoker, 22), Ruben Diash, Gvardiol, Kovachich (Lyuis, 82), de Bryuyne (Doku, 75), Bernardu Silva, Rodri, Foden (Bobb, 82), Holand (Alvares, 82).
Ogohlantirish: Diop (78).

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:56, 11.05.2024.
O'qildi: 2060 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.