Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Davide Kalabriya: «Hozir faoliyatimning eng yuqori cho‘qqisidaman»

Davide Kalabriya: «Hozir faoliyatimning eng yuqori cho‘qqisidaman»

Baho:
+ | -

«Milan»ning o‘ng qanot himoyachisi Davide Kalabriya yaqinda klubning BMW bilan hamkorlik dasturi doirasida suratga olish jarayonida qatnashdi.

«Rossonerlar» rasmiy sayti vakillari esa fursatdan unumli foydalangan holda, undan qisqacha intervyu olishdi.

Milan shahri

- Milanga bog‘liq xotiralarim ajoyib, shahar menga har tomonlama ma’qul. Aslida Breshiyada tug‘ilganman, lekin Milan meni o‘ziga tamomila maftun qildi. Har holda, shaharda ko‘ngilochar maskanlar juda ko‘p. Qisqasi, hammasi ideal: odamlar ochiqko‘ngil, sayyohlar, o‘yin-kulgu... Oddiy aytganda, Milanda yashash uchun eng yaxshi sharoitlar mujassam.

Faoliyati va oliy maqsadi

- Ayni payt faoliyatimning eng yuqori cho‘qqisidaman. Umuman, yaqin bir necha yil men uchun juda muhim. Tushunarliki, hozir tezlikni tobora oshiradigan yoshdaman. Ambisiya va umidlar shunga yarasha katta, bu gap ham shaxsiy, ham jamoaviy maqsadlarga tegishli. Umuman, «Milan» o‘zining odatiy darajasini tiklashga munosib.

«San Siro»da ko‘rgan ilk o‘yini

- Hammasi esimda: ilk marta «Milan»ning CHLdan o‘rin olgan «Lill»ga qarshi o‘yinini bevosita stadionda ko‘rgandim. Yoshlar jamoasida shug‘ullanganim uchun «San Siro»ga ko‘p tashrif buyurolmasdim. Agar vaqt topsam, doim yashil sektorga borardim, chunki chiptasi nisbatan arzon edi. Ochig‘i, kun kelib, bu arenada o‘ynashni xayolimga ham keltirgan emasman. Bu haqda faqat 15-16 yoshdan keyin o‘ylay boshladim.

Ilk ampluasi

- Aslida sof yarim himoyachi edim, ehtimolki, o‘yinga ko‘proq aql bilan yondashishim tufaylidir. «Milan»ga ham yarim himoyachi sifatida keldim, keyin uch yarim himoyachi uslubida toblandim. Inzagi esa meni himoyaning chap tomoniga qo‘ydi. Muhimi, yangi pozisiyada o‘zimni yanada qulayroq seza boshladim. Keyingi mavsum murabbiy meni o‘ng tarafga o‘tkazdi va maydonda asl joyimni topdim.

«Milan»dagi debyuti

- O, qanday ajoyib lahza... To‘g‘ri, faoliyatimdagi eng yaxshisi emas. Oradan 1 yil o‘tgach, ijara safariga ketish yoki qolish masalasida qaror qabul qilishda rosa ikkilandim, chunki mavsum bo‘yi atigi 2-3ta o‘yinda maydonga tushgandim. Shunda Sinisha Mixaylovich oldiga chaqirib, shubhalarimni tarqatib yubordi: «Seni yaxshi ko‘raman, klubda qolishing kerak, hali vaqting ham keladi». O‘shanda 18 yoshli yigitcha edim. Mixaylovich qat’iyatli va bir so‘zli edi va unga to‘liq ishondim. Yakunda adashmaganim ma’lum bo‘ldi.

MUHAMMADXON tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:52, 13.05.2024.
O'qildi: 748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик