Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Zlatan Ibrahimovich Usik bilan jang oldidan Fyuriga maslahat berdi

Zlatan Ibrahimovich Usik bilan jang oldidan Fyuriga maslahat berdi

Baho:
+ | -

“Barselona”, “Milan”, “PSJ”, “Manchester Yunayted” va Shvesiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Ukraina vakili Oleksandr Usik bilan jangi oldidan britaniyalik bokschi Tayson Fyuriga murojaat qildi.

“Umid qilamanki, sen ajoyib mashg‘ulot o‘tkazding.Ko‘rinishing ajoyib. Jangdan zavqlaning — ishonchim komilki, sen doim bajarishga o‘rgangan ishingni qilasan. Sen tarix yaratasan. Senga doim o‘zing kabi bo‘lishni va bizni xursand qilishingni so‘rayman. Har doimgidek g‘alaba qozon. Biz esa zavq bilan tomosha qilamiz. O‘zingni asra”, — deb yozdi Ibrahimovich ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, 42 yoshli Ibragimovich 2023 yilning yozida faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan edi. 1999 yilda boshlangan professional faoliyati davomida futbolchi “Malmyo”, “Ayaks”, “Yuventus”, “Inter”, “Barselona”, “PSJ”, “Manchester Yunayted”, “Los-Anjeles Gelaksi” va “Milan” klublarida o‘ynagan.

Zlatan klublardagi profesional faoliyati davomida 637 uchrashuvda qatnashib 405 bora raqiblar darvozasiga yo‘l topgan.

Fyuri va Usik o‘rtasidagi jang 18 may kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:48, 16.05.2024.
O'qildi: 1893 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик