Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa - Yuventus
23/12 01:00 Betis - Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Superliga: 7-tur bahsli vaziyatlarning barchasida hakamlar to‘g‘ri qaror chiqarishdi

Superliga: 7-tur bahsli vaziyatlarning barchasida hakamlar to‘g‘ri qaror chiqarishdi

Baho:
+ | -

Joriy yilning 15 may sanasida Superliga 2024 yilgi mavsumning 7-turi yakuniga yetdi. O‘zbekiston futbol hakamlari markazi tur yakunlariga ko‘ra, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. 7-tur doirasida o‘tkazilgan o‘yinlarda jami 6 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi. Shuningdek, ayollar Oliy Ligasidan o‘rin olgan markaziy bahsdagi bahsli vaziyat ham ekspert-hakamlar nazaridan chetda qolmadi.

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin:

1-vaziyat: «Metallurg» – «Qizilqum» o‘yini: penalti.

«Metallurg» – «Qizilqum» bahsining 45+3-daqiqasida mezbonlar burchak zarbasi tepish huquqini qo‘lga kiritdi. Navoiyliklar jarima maydonida esa to‘p himoyalanayotgan futbolchi (37-raqam) ning qo‘liga tekkan. Dastlab, bosh hakam Firdavs Norsafarov o‘yinni davom ettirdi, ammo VAR orqali holatni o‘rganib chiqqach, penaltiga ishora qildi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyatda himoyachining ehtiyotsizligi sabab to‘p qo‘lga tekkan. Qolaversa, hujum qilayotgan tomonga qarab borayotgan to‘pning yo‘nalishi ham keskin o‘zgargan. Bu kabi hollarda penalti berilishi lozim va Ekspert-hakamlar komissiyasi yakdil fikr asosida hakamning qarori to‘g‘ri bo‘lganini ma’lum qiladi.

2-vaziyat: «Neftchi» – «Andijon» uchrashuvi: penalti.

«Neftchi» va «Andijon» jamoalari o‘rtasidagi «vodiy derbisi»ning 90-daqiqasida mezbonlarning 18-raqamli futbolchisi raqib jarima maydonida to‘xtatib qolindi. Bosh hakam Aziz Asimov bu vaziyatda qoidabuzarlik borligini qayd etib, farg‘onaliklar foydasiga penalti belgiladi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur vaziyatda himoyachilar hujum qilayotgan futbolchini qo‘li bilan ushlab qolgan va uning zarba berishiga to‘sqinlik qilgan. Bu yerda 11 metrlik jarima zarbasi uchun yetarli asos bor va hakamning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

3-vaziyat: «So‘g‘diyona» – «Navbahor» bahsi: yana bir penalti.

«So‘g‘diyona» - «Navbahor» o‘yinining 20-daqiqasida mezbonlarning 32-raqamli futbolchisi ehtiyotsizlik sabab o‘z jarima maydonida to‘pni qo‘li bilan qaytardi. Bosh hakam Rustam Lutfullin bu vaziyatda qo‘l bilan o‘yin borligini ma’lum qildi va 11 metrlik jarima zarbasiga ishora qildi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu holatda himoyalanayotgan futbolchi qo‘li bilan to‘pning yo‘nalishini keskin o‘zgartirib yubordi va hujumning samaradorligini yo‘qqa chiqardi. Shu sabab hakamning penalti belgilashi uchun yetarlicha asos bor edi va Ekspert-hakamlar komissiyasi belgilangan penalti qarorini to‘g‘ri, deb baholadi.

4-vaziyat: «So‘g‘diyona» – «Navbahor» bellashuvi: mezbonlar foydasiga penalti.

«So‘g‘diyona» - «Navbahor» bahsining 79-daqiqasida mehmonlarning 14-raqamli futbolchisi maydon egalarining 11-raqamli a’zosi bilan to‘p uchun kurash olib bordi. Ikki futbolchining to‘qnashuvidan keyin mezbonlar vakili raqib jarima maydonida yiqilib tushdi va bosh hakam Rustam Lutfullin 11 metrlik jarima zarbasi borligini ma’lum qildi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyatda namanganliklar futbolchisi tezlikda harakatlanayotgan hujum vakilini to‘xtatib qolgan hamda uning to‘pga yetib borishiga to‘sqinlik qilgan.  Bunday hollarda hakam asos yetarli bo‘lgani bois penalti belgilashi lozim. Hakamning qarori to‘g‘ri, deb topildi.

5-vaziyat: «Surxon» – «Dinamo» uchrashuvi: penalti.

«Surxonʼ» - «Dinamo» bahsining 90+9-daqiqasida nominal mezbonlarning 6-raqamli a’zosi raqib zarba bergan vaqtda to‘pni qo‘li bilan qaytarib qolgani ma’lum bo‘ldi va bosh hakam Sardor Ismatullayev VAR orqali vaziyatni ko‘rib chiqqach, penaltiga ishora qildi. Shuningdek, himoyachiga sariq kartochka ko‘rsatdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu holatda termizliklar futbolchisi qo‘lni notabiiy ravishda tepaga ko‘targan va darvoza tomon ketayotgan to‘pning yo‘nalishiga ta’sir qilgan. Shu sabab hakamning mazkur qarori to‘g‘ri, deya qayd etildi.

6-vaziyat: «Nasaf» – «Bunyodkor» o‘yini: to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka.

«Nasaf» - «Bunyodkor» bellashuvining 68-daqiqasida mehmonlarning 5-raqamli a’zosi Qarshi klubining 32-raqamli futbolchisining oyog‘iga xavfli zarba berdi va bosh hakam Rustam Choriyev unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Ushbu vaziyatda toshkentliklar futbolchisi o‘ta qo‘pol harakat qilgan va raqibiga jiddiy shikast yetkazgan. Hakamning mazkur qarori uchun asos yetarli va qizil kartochka to‘g‘ri, deb topildi.

7-vaziyat: «Bunyodkor-W» – «So‘g‘diyona-W» o‘yini: 11 metrlik jarima zarbasi.

«Bunyodkor-W» – «So‘g‘diyona-W» uchrashuvining 67-daqiqasida mezbonlarning 7-raqamli vakilasi o‘z jarima maydonida to‘pga qo‘li bilan tekkan va bosh hakam Husnora Jumayeva jizzaxliklar foydasiga penalti belgilagan.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Mazkur holatda toshkentliklar futbolchisining qo‘li notabiiy holatda turgan va to‘pning yo‘nalishiga ta’sir qilgan. Bu asoslar hakam tomonidan penalti belgilanishga asosli, deb topildi. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamning mazkur qarori to‘g‘ri ekanini ma’lum qiladi.

Manba: uzfhm.uz
Kiritildi: 17:21, 16.05.2024.
O'qildi: 990 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.