Luish Kampush kelasi mavsumda "PSJ"da ishlashda davom etadi.
Oldinroq L'Equipe gazetasi sport maslahatchisi Kilian Mbappe ketganidan so‘ng fransuz klubini tark etishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Biroq, Canal+ xabariga ko‘ra, hozir hammasi Luish o‘z lavozimida qolishidan dalolat beradi.
Kampush Qatar amiri Tamim bin Hamad Al-Tani bilan yaxshi munosabatlarga ega, shuningdek, bosh murabbiy Luis Enrike ham uning yaqin do‘sti.
Qayd etilishicha, portugaliyalik hozirda klubning yozdagi transfer maqsadlarini aniqlash bilan band.