Kirish Ro'yxatdan o'tish

Girassi Bundesligada Gerd Myuller, Aylton va Stefan Kisling rekordini takrorladi

Girassi Bundesligada Gerd Myuller, Aylton va Stefan Kisling rekordini takrorladi

Baho:
+ | -

«Shtutgart» so‘nggi turda Myonxengladbaxning «Borussiya» klubini 4:0 hisobida mag‘lub etib, Bundesligada mavsumni yaxshi kayfiyatda yakunladi. Ushbu o‘yindagi dastlabki ikkita golni Seru Girassi kiritdi va bu bilan u Bundesliga rekordini takrorladi.

Gap shundaki, joriy mavsumda hujumchi o‘n ikkinchi bor o‘yindagi birinchi golni urdi.

Germaniya chempionatining butun tarixida bu holat faqat uch marta sodir bo‘lgan - 1969/1970 yilgi mavsumda Gerd Myuller, keyin 2003/2004 yilgi mavsumda Aylton va nihoyat, 2012/2013 yilgi mavsumda Stefan Kisling.

Ularning barchasi mavsum davomida 12 marta uchrashuvdagi birinchi golni kiritishgan.

Manba: euro-football.ru
Kiritildi: 09:43, 19.05.2024.
O'qildi: 1034 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик