Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Superliganing iyun oyidagi o‘yinlarida o‘zgarish yuz beradi

Superliganing iyun oyidagi o‘yinlarida o‘zgarish yuz beradi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

U-23 O‘zbekiston termasining Osiyo kubogidagi ishtiroki sabab Superliganing Olimpik, Paxtakor va Nasaf klublari ishtirokidagi umumiy 4 ta o‘yini qoldirilgandi.

Parij Olimpiadasida ishtirok etuvchi termaning iyun oyidagi rejalari aniq bo‘lgach, Liga taqvimni shakllantirdi.

Iyun oyida Kapadze boshqaruvidagi U-23 O‘zbekiston termasi Toshkentda 2 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Milliy terma esa 11-iyun kuni safarda Eronga qarshi maydonga chiqadi. Shuningdek, 3-6 iyul kunlari O‘zbekiston kubogining 1/8 final bellashuvlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Superliganing qoldirilgan o‘yinlari uchun yangi sanalarni aniqlashda mana shu omillar inobatga olindi hamda 11-13 tur o‘yinlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Taqvimdagi o‘zgarishlar Liga taqvim rejasida aks etgan. 

Kiritildi: 13:13, 19.05.2024.
O'qildi: 661 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик