Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Bekzod Abdurahmonov Olimpiadaga bormasligi mumkin

Bekzod Abdurahmonov Olimpiadaga bormasligi mumkin

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, Bishkek shahrida o‘tgan Osiyo qit’asi sportchilari uchun Parij-2024 Olimpiadasiga lisenziya beruvchi turnirda Bekzod Abdurahmonov o‘zining uchinchi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

74 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Tokio Olimpiadasining bronza medali sovrindori 1/2 finalda qirg‘izistonlik Orozobek Toktomambetovni 6-0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan va terma jamoamizga navbatdagi lisenziyani taqdim etgandi. Bu Abdurahmonov uchun uchinchi Olimpiada bo‘lishi kerak.

Ammo shoshilishga biroz erta ekani kecha tarqalgan xabarlarda ayon bo‘ldi. Gap shundaki, Bekzod Abdurahmonov Parij-2024 Olimpiadasiga bormasligi, uning o‘rnini mahalliylashtirilgan rossiyalik "legioner" Razambek Jamalov egallashi mumkin. Sport kurashlarida ham qoida bo‘yicha xuddi og‘ir atletikaga o‘xshab lisenziya jamoaga beriladi. Murabbiylar shtabi xohlasa, Abdurahmonovning lisenziyasini qoldirishi ham mumkin.

O‘zbekiston fuqaroligi berilgan Jamalov hozirda o‘zining yaxshi sport formasiga kirib olgan. Bekzod ham yomon sport formada emas, aks holda Olimpiada lisenziyasini yutib olmasdi. Xasavyurtlik Jamalov ikki karra (2020, 2022) Rossiya chempioni hisoblanadi. Rossiya chempionatining finalida Olimpiada chempioni Zaurbek Sidakov bilan tengma-teng kurashgan. Iste’dodiga shubha yo‘q, lekin so‘nggi yillarda jarohatlar iskanjasiga tushib qoldi va buning natijasida juda ko‘p musobaqalarda ishtirok eta olmadi.

Xullas, O‘zbekiston sport kurashlari tarixida ilk bor Olimpiadaga boradigan kurashchini shu yo‘l bilan aniqlaymiz. Ushbu mini turnir 6-9 iyun kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda eng yaxshi natija qayd etgan kurashchi 74 kg vazn toifasida O‘zbekiston nomidan Parij-2024 Olimpiadasiga boradi. U Bekzod Abdurahmonov bo‘ladimi yoki Razambek Jamalov, buni tez orada bilib olamiz.

Murabbiylar shtabi yoki boshqa shaxslarning shu yo‘l bilan eng yaxshi kurashchini aniqlashi qanchalik to‘g‘ri qaror bo‘lganini Parij Olimpiadasida bilib olamiz.

Kiritildi: 13:28, 19.05.2024.
O'qildi: 1016 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик