Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘tkir Yusupov misolida Liga barcha futbolchilarga murojaat qildi

O‘tkir Yusupov misolida Liga barcha futbolchilarga murojaat qildi

Baho:
+ | -

Superliga 7-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" — "Navbahor" uchrashuvidan so‘ng Liga mehmonlar posboni O‘tkir Yusupovning ishi Tartib-intizom qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqilishi yuzasidan ma’lumot taqdim etgandi.

Keyinroq Yusupov mahalliy nashrlar bilan suhbatda mazkur mavzuga to‘xtalib o‘tdi va o‘lchov barchaga birdek emasligini qayd etdi. Qo‘shimchasiga, Yusupov Superliga 8-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Neftchi" klubiga qarshi o‘yindan keyin ham g‘alabani birinchi navbatda mehmon muxlislar qarshisida nishonlashga oshiqdi.

Liga milliy terma jamoa posboni sifatida Yusupovni hurmat qiladi va qat’iy ravishda ogohlantiradi: darvozabon kelgusida ham bunday xatti-harakatni amalga oshirsa, unga nisbatan keskin chora ko‘riladi. Har qanday professional futbolchi provokasiyalarga e’tibor qilmasligi va albatta jamoatchilikni junbushga keltirishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatdan tiyilishi shart. Bunga amal qilmagan futbolchi milliy terma jamoa a’zosi bo‘lgan taqdirida ham Liga musobaqalariga qo‘yilmaydi. Professional futbolchida stadionga tashrif buyurgan har bir muxlisga javob qaytarish imkoniyati mavjud emas, har qanday provokasiya uchun eng munosib jazo — yaxshi futbol orqali g‘olib chiqishdir.

Shuningdek, Liga Yusupovga 2022-yilgi mavsumda "Paxtakor" stadionidagi xatti-harakatlari va unga nisbatan chiqarilgan qarorni, qo‘shimchasiga, u nazarda tutgan "So‘g‘diyona" posbonining 2023-yilgi mavsum Farg‘onadagi xatti-harakati uchun olgan sanksiyasini eslatib o‘tadi. O‘FA tegishli qo‘mitalari va Liga uchun har qanday jamoa va futbolchi teng huquqli, shu bilan birga, rasmiy uchrashuv davomida birdek mas’uliyatli hisoblanadi. O‘zini bundan alohida hisoblagan futbolchi yoki rasmiyga esa litsenziya taqdim etilmaydi.

Ma’lumot uchun, har qanday futbolchi, rasmiy va klubda tegishli qo‘mita qaroridan norozi bo‘lgan taqdirida O‘FA Apellyasiya qo‘mitasiga murojaat qilish huquqi mavjud.

Kiritildi: 15:46, 20.05.2024.
O'qildi: 3053 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.