Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

WADA Prezidenti bilan istiqbolli rejalar muhokama qilindi

WADA Prezidenti bilan istiqbolli rejalar muhokama qilindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Poytaxtimiz mezbonlik qilayotgan Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning Osiyo va Okeaniya mamlakatlari sport vazirliklarining 19-hukumatlararo yig‘ilishi doirasida mamlakatimiz rasmiylari va WADA rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Unda dopingga qarshi kurash bo‘yicha o‘zaro hamkorlikka oid qator masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi departamenti rahbari Odil Abduraxmanov, Vitold Banka boshchiligidagi WADA mutasaddilari, Sport vaziri Adham Ikramov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadikov ishtirok etishdi.

Odil Abduraxmanov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev barpo etayotgan Yangi O‘zbekistonning imkoniyatlarini sport orqali jahon maydonida namoyish etish, jismoniy tarbiya va sportni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida olib borayotgan ishlari xususida batafsil ma’lumot berdi.

O‘z navbatida Adham Ikramov va Oybek Kasimov atletlarimizning Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga olib borayotgan tayyorgarliklari, davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan sharoitlar xususida to‘xtalishdi.

Qayd etish joiz, yurtimiz bunday nufuzdagi yig‘ilishni birinchi marotaba qabul qilmoqda va WADA Prezidenti ham ilk bora diyorimizga tashrif buyurmoqda. Vitold Banka o‘zbekistonlik sportchilarning xalqaro maydondagi natijalari ortishi barobarida mazkur soha mutaxassislari ham o‘z tajribalarini orttirib borayotganliklari, hamyurtlarimiz ulkan muvaffaqiyatlarga erishayotganini maqtov bilan tilga oldi.

Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida tomonlar o‘zbekistonlik xalqaro doping ofiserlarini yanada ko‘paytirish, malakali kadrlar tayyorlash va kelgusida bu kabi ko‘plab xalqaro tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha fikr almashishdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:53, 23.05.2024.
O'qildi: 779 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.